AppPage.net

Screenshots

  • Oy Va Sariq Chaqa screenshot 1
  • Oy Va Sariq Chaqa screenshot 2
  • Oy Va Sariq Chaqa screenshot 3
  • Oy Va Sariq Chaqa screenshot 4
  • Oy Va Sariq Chaqa screenshot 5
  • Oy Va Sariq Chaqa screenshot 6
  • Oy Va Sariq Chaqa screenshot 7
  • Oy Va Sariq Chaqa screenshot 8

About Oy Va Sariq Chaqa

Uilyam Somerset MOEM

OY VA SARIQ CHAQA

Roman


Birinchi bob

Charlz Striklend bilan tanishgan vaqtimda, gapning rostini aytadigan bo‘lsam, uning qandaydir
favqulodda odamligi xayolimga ham kelmagandi. Endilikda esa uning ulug‘ligini biror kimsa inkor eta
olmasa kerak. Men bu o‘rinda nom qozongan siyosatdon yoxud mashhur sarkardaning ulug‘ligini
ko‘zda tutayotganim yo‘q. Bu narsa ko‘proq odamning o‘ziga emas, balki shart-sharoitga va u
yashaydigan makonga bog‘liq. Vaziyatning o‘zgarishi tufayli uning mashhurligi ko‘pincha o‘z-o‘zidan
qumga singgan suvday yo‘qolib ketishi hech gap emas. Bosh ministr egallagan mansabisiz ezma
maqtanchoqqa, general esa armiyasiz bor-yo‘g‘i mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan sherga aylanadi.
Charlz Striklendning ulug‘ligi esa haqiqiy ulug‘likdir. Sizga uning san’ati yoqmasligi mumkin, lekin
shunda ham loqayd munosabatda bo‘lolmaysiz. U sizni qoyil qoldiradi, o‘ziga jalb etadi. Uni mazax
qilishgan vaqtlar orqada qolib ketdi. San’atkorga xos nuqsonlar ham fazilatlariga qo‘shimchaday
tuyuladi. To‘g‘ri, bu rassomning san’atdagi o‘rni borasida hali-hanuz bahslar davom etmoqda,
ko‘klarga ko‘tarib maqtash qanchalik asossiz bo‘lsa, uni qoralovchilar ham, unga mensimay
munosabatda bo‘luvchilar ham shunchalik asossizdirlar. Uning asarlari dahoning ijodiyoti ekanligi
shubhasiz. San’atdagi eng muhim narsa deb ijodkor shaxsiyatini tushunaman, agar u original bo‘lsa,
barcha nuqsonlarini kechirishga tayyorman. Velaskes rassom sifatida, ehtimol, El Grekodan yuqoriroq
bo‘lgandir. Lekin uning asarlariga ko‘nikib qolamizda, ehtirosli va o‘z qalbining mangu fidoyiligini
ko‘rsatgan durdonalarini unchalik ham qadrlayvermaymiz. Artist, rassom, shoir yoki sozanda o‘zining
ko‘tarinki va ulug‘vor san’ati bilan estetik tuyg‘uning ehtiyojini qondiradi, lekin bu qoniqish jinsiy
instinktga o‘xshab ketadi. Uning siri bamisoli sarguzasht romanlarday kishini o‘ziga tortadi. Bu xuddi
koinot sirlariday anglab bo‘lmas jumboqdir. Striklendning eng arzimasday tuyuladigan asarlari ham
rassomning o‘ziga xos, murakkab, azob-uqubatlar bilan to‘la shaxsiyati to‘g‘risida ko‘p narsalarni ayta
oladi. Ular rassomning asarlari unchalik didiga o‘tirishmaydigan odamlarni ham befarq qoldirmaydi,
uning hayoti, xarakterining o‘ziga xos tomonlariga qiziqish uyg‘otadi.
Striklend vafotining to‘rt yilligi arafasida Moris Gyurening “Merkyur de Frans”da e’lon qilingan
maqolasi bu rassomni unutilib ketishdan saqlab qoldi. Ko‘pgina taniqli adabiyotchilar Gyure ochgan
so‘qmoqdan yurishdi. Ancha vaqtlargacha Frantsiyada birorta tanqidchining rassom haqidagi fikrlariga
unchalik qo‘shilishmadi. Tanqidchining fikrlari g‘alati tuyuldi. Lekin keyinroq maydonga kelgan ishlar
Gyurening haqligini ko‘rsatdi. Shu ma’noda Charlz Striklendning shuhrati frantsuz qo‘ygan poydevorga asoslanadi, deb bemalol aytish mumkin. Bu shuhrat san’at tarixidagi eng romantik epizodlardan
biridir.

What’s new

Version 1.1.4 · Updated May 28, 2023

- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish. - Tungi rejimni yoqish - Matn rangini o'zgartira olish - Matn orqa foni rangini o'zgartira olish - Matn stilini o'zgartira olish va yana boshqa imkoniyat mavjud.

Alternatives to Oy Va Sariq Chaqa

Looking for apps like Oy Va Sariq Chaqa? Here are 6 similar Android apps on Google Play. All of them are free to download.

Oy Va Sariq Chaqa vs. alternatives
App Rating Price Installs Last updated Compare
Oy Va Sariq Chaqa – Free 100+ May 28, 2023
Ibodati Islomiya – Free 50,000+ Oct 9, 2026 Compare
Yulduzlar Mangu Yonadi – Free 10,000+ Oct 9, 2026 Compare
Yosh Yuraklar Yolqini – Free 10+ Feb 2, 2023 Compare
Xojimurod – Free 10+ Feb 2, 2023 Compare
Vijdon Azobi – Free 100+ Feb 2, 2023 Compare
To'siqlarga Qaramay Sevdik – Free 50,000+ Aug 18, 2026 Compare

Compare Oy Va Sariq Chaqa with the top alternatives: ratings, updates, ASO score and keyword gaps →

Similar apps on Google Play