Back to Top
Murtad Screenshot 0
Murtad Screenshot 1
Murtad Screenshot 2
Murtad Screenshot 3
Free website generator for mobile apps; privacy policy, app-ads.txt support and more... AppPage.net

About Murtad

Abdulhamid Ismoil

MURTAD
(qissa)


Afandi bozordan qaytib xotiniga:
- Xotin, bugun bozorda hamma hamyonini
yoʻqotdi! – deb maqtanibdi.
- Siz-chi, siz? – deb soʻrasa xotini,
- Qiziqmisan, xotin! Men birinchi boʻlib
yoʻqotdim-da! - debdi Afandi...

Latifalardan



MUShKILOTI BUZRUK


Tasnif

Men azaldan ichimda bir kitob tashiyman. Gʻolibo, oʻzbekcharoq qilib yozganda: "bir kitob
yozish ishtiyoqida yuraman" deyishim kerakmidi? Xullasi, bu kitobga bosh qahramon ham
topilgan, qator-qator xodisotu voqeot ham taraddudda, nafis sanʼatlaru nozik lugʻatlar ham
shay. Baʼzan bu kitobning u yoki bu parchasini qitiqlagandek, ichimda uygʻotib qoʻyaman:
joyidamikan, tokchada turgan bir dasta piyoladek ozodayu jarangdormi haliyam degandek, va
hatto bir chertib qoʻyaman: tepilib-tepilib pishgan chinnining jiringi quloqlarimni
toʻldiradi: zingʻ-gʻ-gʻ... - ichiga may quymasdan mast boʻlasan kishi...
Bu kitobga koʻmiladigan siru-sinoatlarni ham hozirlab qoʻyibman: shunday bir kitob
boʻlsinki, bola onasining koʻrpa tagidagi choʻpchaklaridan bir choʻchib, bir xoʻrsinib, bir yuragini
toʻldirib, oʻngini tushdan ajratolmagandek, yo-da mana shu chol qingʻir-qiyshiq barmoqlari
ila eski-tuski daftarlarni titkilar ekan, oradan bir parcha xat uning nursiz koʻzi emas,
toʻgʻridan-toʻgʻri halqumga tiqilgan nafasiga yoʻliqqandek...
Bu kitobga terilgan soʻzlarim oldida hozirgi aytilayotganlari naqadar bachkana
ekanligini bilsangiz edi! Kalimalarning tiniqligiyu, jumlalarning muvozanati boyagi
piyolalarga chizilgan naqshdek bejirim, ashula desam chalgʻiysiz, kuy desam behuda xayolga
ketasiz, qisqasi neki demay tasavvurdan ortiq, bunisini faqat oʻzim bilaman.
Yana bir bor ichimga quloq osaman: turibdi, oʻz joyida muhtasham, faqat bir gʻazalda
aytilmish:

Ul qadi zebo sanam bilmam qachon mehmon boʻlur...


Tarjiʼi Buzruk

Boshqa kezlari esa oʻzimni oʻrischasiga olib boʻralab soʻkaman: "Chto za chush? Chto za
beliberda?! - deyman. - Bros vsyu etu psevdovostochnuyu trepnyu! Tы ved pisatel!
Professional! Nado - vozmi i napishi! A net - tak na net i suda net!" Yana oʻzimga oʻzim
tarjima ham qilib qoʻyaman: “Bu ne behudalik! Bu ne safsata! Sen bu soxtasharqona bidi-
bidini itqit! Axir yozuvchisan! Kasbi koring shu! Kerakmi yoz, yoʻqsa yoʻqqa ham ota goʻri qozixonami?!”
Lekin ich-ichimdan oʻzimga oʻzim zid chiqaman. Chunki boyagi kitobning boshlangʻich jumlasidan
tortib eng soʻnggi iborasigacha bari koʻnglimga tugilgan-da! Bu soʻzlarning zoye emasligini
isbotlash uchun tilimga hamono kitobning soʻng gapi ham chiqib keladi:
"Omon omon, begim, husni tasodif deya buni derlar..."

Similar Apps

Ibodati Islomiya

Ibodati Islomiya

0.0

Ahmad Hodiy Maqsudiy IBODATI ISLOMIYA ********************** BIRINCHI QISM Din...

Yulduzlar Mangu Yonadi

Yulduzlar Mangu Yonadi

0.0

Tog'ay Murodning nomini mashhur qilgan asari bu "Yulduzlar mangu yonadi" asari...

Yosh Yuraklar Yolqini

Yosh Yuraklar Yolqini

0.0

Hikoya jahon adabiyotining ham, zamonaviy o'zbek nasrining ham eng ixcham, dolzarb, hozirjavob...

Xojimurod

Xojimurod

0.0

LEV TOLSTOY HOJIMUROD Qissa Men uyga dala...

Vijdon Azobi

Vijdon Azobi

0.0

Assalomu Alaykum.Bizning aziz kitobxonlarimiz uchun navbatdagi ajoyib kitob. Siz ushbu kitobdan o’qir...

To'siqlarga Qaramay Sevdik

To'siqlarga Qaramay Sevdik

0.0

Assalomu Alaykum.Bizning aziz kitobxonlarimiz uchun navbatdagi ajoyib kitob. Siz ushbu kitobdan o’qir...