Back to Top
G'aroyib Bolalar Screenshot 0
G'aroyib Bolalar Screenshot 1
G'aroyib Bolalar Screenshot 2
G'aroyib Bolalar Screenshot 3
Free website generator for mobile apps; privacy policy, app-ads.txt support and more... AppPage.net

About G'aroyib Bolalar

Do'stim Ahmad! Bir-birimiz bilan tez-tez xat yozishib turamiz, deb va'dalashgan edik. Negadir o'shanda menga unchalik ishonqiramovding... Zaynab, sen Anqarada o'zingga yangi o'rtoqlar topgach, bizlarni esdan chiqarib yuborasan, degan eding. Mana, so'zimning ustidan chiqyapman. Demak, sizlarni unutmabman. Anqaraga ko'chib kelganimizga bir hafta bo’ldi. Yangi uyga joylashib ham oldik. Senga ilgariroq xat yozishning iloji bo’lmadi. Chunki yangi maktabga endi qatnay boshladim. Yangi adresimizni ham kuni kecha dadamdan bilib oldim. Xat yozishni sendan boshlayapman. To'g'risini aytganda, o'qishlar avji qizib turganida maktabni tashlab, Istanbuldan chiqib ketishga hecham ko'nglim bo’lmovdi, ham sinfdosh o'rtoqlarimga o'rganib qolgan edim. Axir to'rt yildan ko'p birga o'qidik-da. Ammo ilojim qancha, dadam Anqaraga yangi ishga o'tdi. Uy ichi bilan ko'chib keldik. Yaqin og'aynilari dadamga Anqaradan yaxshiroq ish topib berishdi, bu haqda senga Istanbulda ham aytgan edim. Dadam uchta sinfdosh o'rtog'i bilan hozir bir firmada ishlayapti. Uchovi ham oilasi bilan bir binoda turisharkan. Ular dadamga ham ish, ham shu binodan bo'sh uy topib qo'yishibdi. Dadamning o'rtoqlari ham bola-chaqali ekan. Bir binoda to'qqiz bola bo'lib qoldik. Yoshlarimiz har xil. Beshtamiz bitta maktabga qatnaymiz. O'zim tengi bir bola bilan bir sinfda o'qiyapman. Ukam Metin yangi maktabdan, yangi o'rtoqlaridan yotsirab yuribdi. Men bo’lsam hammasiga darrov ko'nikib ketdim. Hayotda ro'y beradigan muhim voqealar haqida yozib turishga kelishib olgan edik. Yangi uy, yangi maktab, yangi o'rtoqlar — bular mening hayotimda muhim gap bo'ldi. Hammasi shu, boiak yangiliklar yo'q. Istanbuldagi sinfdosh o'rtoqlarimni juda tez sog'inib qoldim. Sizlar bilan qachon va qayerda ko'rishamiz endi? Menga o'xshab sen ham bergan so'zingning ustidan chiqasan, deb ishonaman. O'rtoqlarning hammasiga mendan salom aytib qo'y. Hammangizga muvaffaqiyat tilayman.

Similar Apps

Faqat Ahmoqlar 8 Soat Uhlaydi

Faqat Ahmoqlar 8 Soat Uhlaydi

0.0

UYG’ONISH Kendinning yuziga kutilmagan tarsaki kelib tushganida quyoshning chiqishiga hali bir soat...

To'siqlarga Qaramay Sevdik

To'siqlarga Qaramay Sevdik

0.0

Assalomu Alaykum.Bizning aziz kitobxonlarimiz uchun navbatdagi ajoyib kitob. Siz ushbu kitobdan o’qir...

Qiyomat Va Ohirat

Qiyomat Va Ohirat

0.0

Assalomu Alaykum.Inson o‘lgach, uning dunyo hayoti tugaydi. Oxirat hayoti boshlanadi. Oxirat hayoti...

Tarixi Muhammadiy

Tarixi Muhammadiy

0.0

Bilmak kerakkim, har bir musulmon bolasi, xohi er kishi, xohi xotun kishi,...

Payg'ambarlar Tarixi

Payg'ambarlar Tarixi

0.0

Assalomu Alaykum.Bizning aziz kitobxonlarimiz uchun navbatdagi ajoyib kitob. Siz ushbu kitobdan o’qir...

Yulduzlar Mangu Yonadi

Yulduzlar Mangu Yonadi

0.0

Tog'ay Murodning nomini mashhur qilgan asari bu "Yulduzlar mangu yonadi" asari...