Back to Top
MyMaktab — maktab davomati Screenshot 0
MyMaktab — maktab davomati Screenshot 1
MyMaktab — maktab davomati Screenshot 2
MyMaktab — maktab davomati Screenshot 3
Free website generator for mobile apps; privacy policy, app-ads.txt support and more... AppPage.net

About MyMaktab — maktab davomati

MyMaktab - ota-onalar va o'qituvchilar uchun maktab davomati ilovasi.

Farzandingiz maktabga kirganda va chiqqanda vaqtini telefoningizdan ko'rasiz. Kechikkan bo'lsa necha daqiqa kechikkani ham yoziladi. Oy oxirini kutmaysiz - davomat har kuni yangilanadi.

OTA-ONALAR UCHUN
• Bugungi davomat: kirish va chiqish vaqti, kechikish daqiqalari
• Oylik statistika: foiz, kalendar va har bir kunning holati
• Sababli kelmagan kunlar alohida rang bilan ajratiladi
• Bir nechta farzand bitta akkauntda – bir teginishda almashtiriladi
• Maktab e'lonlari, o'qilmaganlari alohida belgilanadi
• Farzandingiz darsga kelmasa telefoningizga bildirishnoma keladi

O'QITUVCHILAR UCHUN
• Sinflar ro'yxati va bugungi davomat foizi
• Kunlik davomat: kelgan, kechikkan, kelmagan va sababli o'quvchilar
• Bugungi dars jadvali
• Ish sessiyalari va reyting
• Sinf to'lovi uchun Click yoki Payme havolasini yuborish

XAVFSIZLIK
• Ilova PIN kod bilan qulflanadi, barmoq izi yoki yuz bilan ochiladi
• Parol yo'q: kirish telefon raqami va Telegram orqali keladigan bir martalik kod bilan
• Hisobdan chiqqaningizda PIN ham, sessiya ham qurilmadan o'chiriladi

TILLAR
O'zbek (lotin va kirill), rus va ingliz. Til istalgan paytda profildan almashtiriladi.

ESLATMA
Ilova maktabingiz Multi SRM tizimidan foydalansagina ishlaydi. Telefon raqamingiz maktab bazasida farzandingizga bog'langan bo'lishi kerak. Raqamingiz topilmasa maktab ma'muriyatiga murojaat qiling.