Inspektor — maktab davomati
Inspektor uchun maktab davomati: kechikkan va kelmagan o'quvchilar nazorati
About Inspektor — maktab davomati
Inspektor - ta'lim bo'limi xodimi uchun maktab davomatini kunlik nazorat qilish ilovasi.
Ilova biriktirilgan maktablardagi o'quvchilar davomatini bir joyda ko'rsatadi: kim keldi, kim kechikdi, kim kelmadi. Ma'lumot maktab tizimidan avtomatik keladi - hech narsani qo'lda kiritish shart emas.
ASOSIY IMKONIYATLAR
• Bosh sahifa - barcha maktablar bo'yicha kunlik yakun: keldi / kechikdi / kelmadi va har bir maktabning davomat foizi.
• Sana tanlash - istalgan o'tgan kun kesimida ko'rish.
• Smena - birinchi, ikkinchi yoki ikkalasi bo'yicha filtr.
• Maktab sahifasi - kunlik ko'rsatkich, 7 / 30 / 90 kunlik trend va shu maktabning muammoli o'quvchilari.
• Xronik davomat - muntazam kechikadigan va sababsiz kelmayotgan o'quvchilar ro'yxati, kechikishlar soni va umumiy daqiqasi bilan.
• O'quvchi kartasi - 30 / 90 / 180 kunlik davomat kalendari: qaysi kuni kelgan, kechikkan, kelmagan.
• Ota-ona bilan aloqa - kartadan to'g'ridan-to'g'ri qo'ng'iroq qilish yoki Telegram orqali yozish.
• Qidiruv - ism, sinf yoki maktab bo'yicha o'quvchi topish.
• Hisobot eksporti - tanlangan davr uchun Excel fayl, uni ulashish mumkin.
• Push bildirishnoma - xronik holatlar va tayyor hisobotlar haqida xabar.
XAVFSIZLIK
• Kirish parolsiz: telefon raqami va Telegram orqali keladigan bir martalik kod.
• Ilova har ochilganda 4 xonali PIN so'raydi; xohlasangiz barmoq izi yoki yuz bilan ochasiz.
• PIN kodni 5 marta xato kiritilsa sessiya tugatiladi.
• Ma'lumot faqat sizga biriktirilgan maktablar bo'yicha ko'rinadi.
QO'SHIMCHA
• O'zbek va rus tili.
• Yorug' va tungi rejim.
• Telefon va planshetga moslashgan interfeys.
Ilova faqat vakolatli inspektorlar uchun. Foydalanish uchun tizimda ro'yxatdan o'tgan telefon raqami talab qilinadi.