Nozir
Zohidjon Akbarov Lifestyle
Ekran vaqti, uyqu vaqti, joylashuv va kunlik AI xulosa — bir ilovada.
- Downloads
- 1+
- on Google Play
- Price
- Free
- No in-app purchases
- Updated
- Sep 30
- 2026 · v1.0
Screenshots
About Nozir
Nozir — ota-onalar uchun ilova: bolaning telefondan foydalanishini tushunish, kunlik limit va uyqu vaqtini belgilash, xavfli holatlarda esa darhol xabardor boʻlish.
Biz bolaning yozishmalarini, suratlarini va parollarini koʻrmaymiz. Nozir raqamlar bilan ishlaydi: qaysi ilovada qancha vaqt, uyqu vaqti bajarildimi, telefon qayerda. Bola esa oʻz ilovasida har safar maʼlumoti oʻqilganini koʻradi — kuzatuv yashirin emas.
NIMALAR BOR
Kunlik ekran vaqti limiti
Dars kunlari va dam olish kunlari uchun alohida limit. Limit tugaganda telefonda ogohlantirish chiqadi.
Uyqu vaqti
Kechqurun va ertalab telefon bloklanadi. Uyquga yaqinlashganda bola oldindan ogohlantiriladi. Favqulodda qoʻngʻiroqlar har doim ishlaydi.
Ilova qoidalari
Har bir ilovaga alohida qoida: bloklash, kunlik limit yoki cheklovsiz. Telefonga yangi ilova oʻrnatilsa, sizga xabar keladi.
Mashqlar va bonus vaqt
Bola mashqni bajarib qoʻshimcha vaqt ishlab olishi mumkin. Qaysi mashq necha daqiqa turishini va kunlik bonus chegarasini siz belgilaysiz. Bola qoʻshimcha vaqt soʻrasa, siz ruxsat berasiz yoki rad etasiz.
Kunlik AI xulosa oʻzbek tilida
Har kuni ertalab 4–6 jumlalik xulosa: kun qanday oʻtgani, nimaga koʻproq vaqt ketgani, uyqu vaqti bajarilganmi. Haftalik hisobotda esa suhbat uchun savol ham boʻladi. Model faqat raqamlarni koʻradi — bola ismi ham, matn ham yuborilmaydi.
Statistika
Kunlik ekran vaqti grafigi, ilovalar kesimi, oʻtgan haftalarga qarab chiqish.
Joylashuv va xavfsiz zonalar
Bolaning hozirgi joylashuvi, olingan vaqti bilan. Uy, maktab kabi joylarni belgilab qoʻysangiz, bola yetib kelganda yoki chiqib ketganda xabar olasiz. Joylashuv qanchalik tez-tez olinishini oʻzingiz belgilaysiz.
SOS — har doim bepul
Bola tugmani bossa yoki telefonni silkitsa, sizga xabar va oʻsha paytdagi joylashuvi keladi. Xabar yetmasa, bola ilovadan 102 ga qoʻngʻiroq qiladi. SOS va tez yordam raqamlari hech qachon obunaga bogʻlanmaydi.
Himoya holati
Ruxsatlar oʻchirilgan yoki telefon uzoq vaqt xabar bermagan boʻlsa, sizga aytiladi. Ishlamayotgan nazoratning ishlayotgandek koʻrinib turishi eng xavfli holat.
QANDAY ISHLAYDI
1. Ota-ona ilovasini oʻrnatasiz va Telegram orqali kirasiz.
2. Bolaning profilini yaratasiz.
3. Bola telefoniga "Nozir Bola" ilovasini oʻrnatib, kodni kiritasiz.
4. Limit, uyqu vaqti va qoidalarni belgilaysiz.
BEPUL VA PRO
Bepul: bitta bola, kunlik limit, uyqu vaqti, ilova qoidalari, mashqlar, statistika, SOS va haftada bitta AI xulosa.
PRO: uchtagacha bola, joylashuv va cheksiz xavfsiz zonalar, har kungi AI xulosa, haftalik hisobot va suhbat savollari.
Yangi oilalar 7 kun PRO ni bepul sinab koʻradi. Obuna tugasa, hech narsa oʻchirilmaydi: bolalar, zonalar va eski xulosalar joyida qoladi, faqat bir qismi vaqtincha yopiladi.
NOZIR NIMA QILMAYDI
Yozishmalarni, suratlarni va parollarni koʻrmaydi. Mikrofonni ishlatmaydi. Maʼlumotni sotmaydi va reklama uchun ishlatmaydi.
Ilova bolaning xabari bilan ishlatilishi uchun moʻljallangan. Bola telefonida doimiy bildirishnoma turadi va ilova ichida nima yigʻilgani yozib boriladi.

What’s new
Version 1.0 · Updated September 30, 2026
Ekran vaqti, uyqu vaqti, joylashuv va kunlik AI xulosa — bir ilovada.
Alternatives to Nozir
Looking for apps like Nozir? Here are 6 similar Android apps on Google Play. All of them are free to download.
| App | Rating | Price | Installs | Last updated | Compare |
|---|---|---|---|---|---|
| Nozir | – | Free | 1+ | Sep 30, 2026 | |
| Ismlar ma'nosi | – | Free | 100+ | Aug 17, 2026 | Compare |
| AvtoBazar | – | Free | 10+ | – | Compare |
| Aqlchi | – | Free | 50+ | Aug 28, 2026 | Compare |
| OvozPlay | – | Free | 10+ | Aug 5, 2026 | Compare |
| 2048 | – | Free | 10+ | Jun 29, 2026 | Compare |
| Sliding Puzzle | – | Free | 10+ | – | Compare |
Compare Nozir with the top alternatives: ratings, updates, ASO score and keyword gaps →