AppPage.net

Screenshots

  • Nasiya Daftari: qarz hisobi screenshot 1
  • Nasiya Daftari: qarz hisobi screenshot 2
  • Nasiya Daftari: qarz hisobi screenshot 3
  • Nasiya Daftari: qarz hisobi screenshot 4

About Nasiya Daftari: qarz hisobi

Nasiya Daftari — do‘kon uchun qarz daftari, endi chek ko‘rinishida. Mijozlarga nasiyaga bergan tovaringiz, olgan to‘lovlaringiz va o‘zingizning ta’minotchilarga qarzlaringiz bitta ilovada. KIM QANCHA QARZ — BIR QARASHDA Mijozlar ro‘yxati chekdek: har bir ism yonida qoldiq summa, muddati o‘tganlar qizil bilan. Tepada «23 TASI KECHIKDI» kabi muhr nechta mijoz kechikkanini darrov ko‘rsatadi. Qarzdorlar, muddati o‘tganlar va muddati yaqinlarni alohida ko‘ring, ism yoki telefon bilan qidiring. HAR BIR MIJOZGA O‘Z CHEKI Mijoz kartasida hamma qarz va to‘lovlar sanasi bilan, qolgan summa katta qilib. Kechikkan bo‘lsa — «KECHIKDI» muhri va kechikkan summa. Bir bosishda qo‘ng‘iroq qiling yoki tayyor matn bilan SMS eslatma yuboring. QARZNI SONIYALARDA YOZING Summani raqamli klaviaturada tering, nima olganini yozing va qaytarish muddatini bir bosishda tanlang: 1 hafta, 2 hafta yoki o‘zingiz bilgan sana. Yoki shunchaki o‘zbekcha ayting: «Vali akaga yuz ellik ming, o‘n beshinchi noyabrgacha». Ilova nutqni telefonning o‘zida, internetsiz matnga aylantiradi va mijoz, summa hamda muddatni o‘zi ajratadi. «Tasdiq ovozi»: mijoz qarzni tasdiqlagan ovozini yozib qo‘ying. SO‘M VA DOLLAR ALOHIDA Har bir valyuta o‘z hisobida yuritiladi, hech qachon aralashmaydi va kurs bo‘yicha almashtirilmaydi. O‘Z QARZLARINGIZ HAM SHU YERDA «Qarzlarim» bo‘limida ta’minotchi va ulgurji do‘konlarga qarzingiz, muddatlari va jami summa. HISOBOT HAR DOIM TAYYOR Olishingiz kerak bo‘lgan jami summa, muddati o‘tganlar, 7 kun ichida to‘lanadiganlar, berilgan qarz va qaytgan pul grafigi, mijozlarning to‘lov odati. Hafta, oy yoki yil bo‘yicha. Hisobotni PDF yoki Excel qilib yuboring. ESLATMA VA MUDDATLAR Qarz muddati kelganda ilova eslatadi, kechikkanlarni alohida ko‘rsatadi. DO‘KONINGIZGA MOS KO‘RINISH 8 xil fon rangi, kunduzgi, tungi va «Tungi + oq» ko‘rinish. INTERNETSIZ HAM ISHLAYDI Hamma yozuv avval telefonda saqlanadi. Internet bo‘lganda zaxira nusxa serverga yuboriladi: telefon yo‘qolsa ham, qayta kirsangiz hammasi qaytadi. Do‘koningizga xodim qo‘shib, birga yuritishingiz mumkin. XAVFSIZ VA SHAXSIY PIN-kod va Face ID bilan himoya. Ma’lumotlaringizni faqat siz va o‘zingiz qo‘shgan xodimlar ko‘radi. Reklama ham, kuzatuv ham yo‘q. ILOVANI OCHMASDAN iPhone vidjetlari, Siri va Apple Watch: kim qancha qarz ekanini bir qarashda ko‘ring. Nasiya Daftari — bu do‘konning o‘z qarz daftari, kredit yoki muddatli to‘lov xizmati emas: pul bermaydi va kredit rasmiylashtirmaydi.

What’s new

Version 2.1.0 · Updated October 26, 2026

• Chekni ulashing: mijoz kartasini yoki bitta yozuvni rasm qilib Telegram yoki boshqa ilovaga yuboring. • Yangi mijoz qo'shayotib darhol qarz yozing. • Telefon raqami +998 bilan boshlanadi va yozilayotganda o'zi guruhlanadi. • Qidiruv kuchaydi: ism yoki raqamning bir qismi bo'yicha barcha mijozlar orasidan topadi. • Do'kon logotipi qayta kirganda ham, xodimlar telefonida ham ko'rinadi. • «Tasdiq ovozi» endi faqat yozilgan telefonda saqlanadi. • Kirgandan so'ng ro'yxat to'g'ri yuklanadi va boshqa tuzatishlar.

App privacy

The developer, Teamsgram, reported these privacy practices to Apple.

Data Linked to You

The following data, which may be collected and linked to your identity, may be used for the following purposes:

  • Financial Info: Other Financial Info
  • Contact Info: Email Address, Name, Phone Number
  • User Content: Audio Data, Other User Content
  • Identifiers: User ID

Used for: App Functionality

Alternatives to Nasiya Daftari: qarz hisobi

Looking for apps like Nasiya Daftari: qarz hisobi? Here are 6 similar apps on the App Store. The highest rated is pDaftar: Qarz daftari, nasiya (5.0/5), and all 6 are free to download.

Nasiya Daftari: qarz hisobi vs. alternatives
App Rating Price Last updated Compare
Nasiya Daftari: qarz hisobi – Free October 26, 2026
QarzPro – Free Oct 28, 2026 Compare
Debtyy – Debt Tracker & IOU 4.0 / 5 (2) Free Sep 28, 2026 Compare
Fast Chinese Yuan CNY convert 4.5 / 5 (2) Free Aug 26, 2026 Compare
Qarz Daftari – Free Oct 31, 2026 Compare
pDaftar: Qarz daftari, nasiya 5.0 / 5 (7) Free Oct 16, 2026 Compare
Debts Monitor 3.7 / 5 (51) Free Jun 10, 2026 Compare

Compare Nasiya Daftari: qarz hisobi with the top alternatives: ratings, updates, ASO score and keyword gaps →