App Lock
Tools
Ilovalarni PIN, grafik kalit yoki barmoq izi bilan qulflang. Reklamasiz.
- Downloads
- 564+
- on Google Play
- Price
- Free
- No in-app purchases
- Updated
- Oct 30
- 2026 · v1.0.0
Screenshots
About App Lock
App Lock siz tanlagan ilovalarni — messenjerlar, galereya, bank, pochta, ijtimoiy tarmoqlar va boshqalarni — PIN-kod, parol, grafik kalit yoki barmoq izi bilan himoyalaydi.
Kimdir qulflangan ilovani ochsa, avval App Lock qulf oynasi chiqadi. Faqat siz kira olasiz.
🔐 QULAY OCHISH
• 4, 6 yoki 8 xonali PIN-kod, harf va raqamli parol yoki grafik kalit
• Qo‘llab-quvvatlanadigan qurilmalarda barmoq izi yoki yuz bilan ochish (Android BiometricPrompt)
• Oddiy klaviatura: C — hammasini o‘chiradi, X — oxirgi raqamni o‘chiradi, to‘g‘ri PIN terilishi bilan ilova o‘zi ochiladi
⏱ AQLLI QAYTA QULFLASH
• Ilovadan chiqqach darhol yoki 5, 15, 30, 60 soniyadan keyin qulflash
• Yoki tasdiqdan keyin 1–30 daqiqa qayta so‘ramaslik
• Ekran o‘chganda yoki telefon qulflanganda qayta qulflash
• Telefon qayta yoqilganda himoya avtomatik tiklanadi
🛡 KUCHLI HIMOYA
• Kuchaytirilgan rejim: darhol qulflash, aralashtirilgan klaviatura, yashirin PIN, biometriksiz
• Biometrik rejim: barmoq izi oynasi o‘zi ochiladi
• Maxfiy ilovalar rejimi: qulf oynasi, bildirishnoma va jurnalda ilova nomi ko‘rinmaydi
• Telefonni ishonchli odamga berganda 5–60 daqiqaga vaqtincha ochish
• Ixtiyoriy o‘chirishdan himoya: PIN’siz hech kim App Lock’ni o‘chira olmaydi
• Ko‘p noto‘g‘ri urinishdan keyin vaqtinchalik blok
• PIN unutilsa — tiklash kodi. Yashirin universal parol yo‘q
📲 QO‘SHIMCHA QULAYLIKLAR
• Yangi o‘rnatilgan ilovani qulflashni taklif qilish yoki avtomatik qulflash
• Qidiruv, filtrlar va bir nechta ilovani birdaniga qulflash
• Tezkor sozlamalar plitkasi
• Xavfsizlik jurnali va CSV eksport
• Diagnostika: ruxsatlar, fon cheklovlari va batareya sozlamalarini tekshiradi; Samsung, Xiaomi, OPPO, vivo, Huawei va boshqa telefonlar uchun qadam-baqadam yechim
• Sozlamalarni eksport va import qilish (maxfiy ma’lumotlarsiz)
🎨 CHIROYLI VA QULAY
• Material Design, 11 ta rang temasi, yorug‘ va tungi rejim
• O‘zbek, rus va ingliz tillari
• Tebranishni sozlash
• Ekran o‘quvchi dasturlarni qo‘llab-quvvatlash
🔒 MAXFIYLIK BIRINCHI O‘RINDA
• Internet ruxsati yo‘q — ma’lumotlaringiz telefondan chiqmaydi
• PIN ochiq saqlanmaydi: PBKDF2 bilan xeshlanadi va Android Keystore kaliti bilan shifrlanadi
• Reklama, analitika va kuzatuv yo‘q
• App Lock Accessibility xizmatidan foydalanmaydi, xabarlaringiz, ekran va kiritilgan matnni o‘qimaydi
ℹ️ QANDAY ISHLAYDI
Android oddiy ilovaga boshqa ilovani to‘g‘ridan-to‘g‘ri bloklashga ruxsat bermaydi. App Lock “Foydalanish ma’lumotlariga kirish” orqali qulflangan ilova ochilganini aniqlaydi va darhol uning ustiga qulf oynasini chiqaradi (“Boshqa ilovalar ustida ko‘rsatish”). Himoya ishlayotgani doimiy bildirishnomada ko‘rinadi. Aniqlash odatda bir soniyadan kam vaqt oladi.
Har bir ruxsat berilishidan oldin ilova ichida tushuntiriladi va uni istalgan vaqtda Android sozlamalarida bekor qilish mumkin.

Alternatives to App Lock
Looking for apps like App Lock? Here are 6 similar Android apps on Google Play. All of them are free to download.
| App | Rating | Price | Compare |
|---|---|---|---|
| App Lock | – | Free | |
| USSD Kodlar | – | Free | Compare |
| UZB Keyboard: O'zbek lotin | – | Free | Compare |
| Muallimi Soniy | – | Free | Compare |
| Kutubxona | – | Free | Compare |
| Xurshid SHARE | – | Free | Compare |
| Xurshid POS | – | Free | Compare |
Compare App Lock with the top alternatives: ratings, updates, ASO score and keyword gaps →