O'zbekning sevimli shoiri Muxammad Yusuf she’rlari to‘plami ilovasi
Atoqli shoirimiz Muhammad Yusuf o'zining benazir qo'shiqlarga aylangan she'rlari bilan o'zbek xalqning beqiyos hurmatiga va muhabbatiga sazovor bo'lgan. U o‘nga yaqin she’riy to‘plamlarning, o‘nlab qo‘shiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalb kirib ulgurgan.
«Tanish teraklar» (1985, birinchi to‘plami), «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz» (1989), «Halima enam allalari» (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor» (1990), «Bevafo ko‘p ekan» (1991), «Erka kiyik» (1992), «Osmonimga olib ketaman», «Kumush», «Kokilingni kim kesdi», «Aldov», «Turkman qiz», «Yur, Muhammad, ketdik bu yerdan», «Yolg‘onchi yor», «Qora quyosh» (doston) kabi to'plamlar hozirgacha sevib o'qiladi.
Muhammad Yusuf «Men o‘z bilganimdan qolmadim» she’rida she’r va shoirlikni shunday anglaydi.
Quvroq bo‘l deyishdi. Yolg‘on ham kerak,
Jindak xushomad ham, quloq solmadim.
Oqni oppoq ko‘rdim, qorani - qora
Men o‘z bilganimdan qolmadim.
Shoir she’riyati ham shunday. Mehringizda, qalbingizda qo‘shiq bo‘lib qoladi.
Birinchi marta ko‘rib turgan odamga nisbatan yoqtirmaslik yoki moyillik tuyg‘ulari nima asosida...
„Yulduzli tunlar“ — o‘zbek yozuvchisi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub tarixiy roman. Asarda...
„Tushda kechgan umrlar“ — o‘zbek yozuvchisi O‘tkir Hoshimov qalamiga mansub roman. Muallif...
SO‘NGGI O‘QTohir MalikJahongir Zokirxo‘jani har eslaganida «musofirlikda oltin topish oson, jon taslim...
Robinzon Kruzo – 1719-yil aprelda ingliz yozuvchisi Daniyel Defo tomonidan nashr etilgan...
Sevgi kimlarni yig‘latib, kimlarni kuydirmagan, deysiz. Sharq adabiyoti durdonalaridan hisoblanmish mazkur asarda...
Created with AppPage.net
Similar Apps - visible in preview.