AppPage.net

Screenshots

  • Erkin Vohidov she'rlari screenshot 1
  • Erkin Vohidov she'rlari screenshot 2
  • Erkin Vohidov she'rlari screenshot 3
  • Erkin Vohidov she'rlari screenshot 4
  • Erkin Vohidov she'rlari screenshot 5
  • Erkin Vohidov she'rlari screenshot 6
  • Erkin Vohidov she'rlari screenshot 7

About Erkin Vohidov she'rlari

Zamonaviy o‘zbek milliy adabiyoti va she'riyatining yorqin namoyondalaridan biri Erkin Vohidov ijodida g‘azal, qasida, muxammas kabi janrlar shakllanib boradi. U mumtoz adabiyotning bu sohadagi tajribalarini boyitish, mukammallashtirishga intiladi.
Erkin Vohidov badiiy mahorati o‘sib, kamol topgan, chuqur falsafiy umumlashmalar darajasiga ko‘tarilgan ijodkordir.U O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramonidir.
Erkin Vohidov birgina "O'zbegim" qasidasi orqali o'ziga haykal qo'yib ketdi deyish mumkin.
Butun o'zbek xalqi tarixi va qadriyatlarini mohirona ko'rsata olgan ushbu asar hali ko'p yillar odamlar tilidan tushmasligi aniq.

Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon, o‘zbegim,
Senga tengdosh Pomiru
Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim.

So‘ylasin Afrosiyobu
So‘ylasin O’rxun xati,
Ko‘hna tarix shodasida
Bitta marjon, o‘zbegim.

Al Beruniy, Al Xorazmiy,
Al Forob avlodidan,
Asli nasli balki O’zluq,
Balki Tarxon, o‘zbegim.

O’tdilar sho‘rlik boshingdan
O’ynatib shamshirlarin
Necha qoon, necha sulton,
Necha ming xon, o‘zbegim.

Tog‘laring tegrangda go‘yo
Bo‘g‘ma ajdar bo‘ldi-yu,
Ikki daryo - ikki chashming,
Chashmi giryon, o‘zbegim.

Qaysari Rum nayzasidan
Bag‘rida dog‘ uzra dog‘,
Chingizu Botu tig‘iga
Ko‘ksi qalqon, o‘zbegim.

Yog‘di to‘rt yondin asrlar
Boshingta tiyri kamon,
Umri qurbon, mulki toroj,
Yurti vayron, o‘zbegim.

Davr zulmiga va lekin
Bir umr bosh egmading,
Sen - Muqanna, sarbador - sen,
Erksevar qon, o‘zbegim.

Sen na zardusht, sen na buddiy,
Senga na otash, sanam,
Odamiylik dini birla
Toza imon, o‘zbegim.

Ma’rifatning shu’lasiga
Talpinib zulmat aro,
Ko‘zlaringda okdi tunlar
Kavkabiston, o‘zbegim.

Tuzdi-yu Mirzo Ulug‘bek
Ko‘ragoniy jadvalin,
Sirli osmon tokiga ilk -
Qo‘ydi narvon, o‘zbegim.

Mir Alisher na’rasiga
Aks-sado berdi jahon,
She’riyat mulkida bo‘ldi
Shohu sulton, o‘zbegim.

Ilmu she’rda shohu sulton,
Lek taqdiriga qul,
O’z elida chekdi g‘urbat,
Zoru nolon, o‘zbegim.

Mirzo Bobur - sen, fig‘oning
Soldi olam uzra o‘t,
Shoh Mashrab qoni senda
Urdi tug‘yon, o‘zbegim.

She’riyatning gulshanida
So‘ldi mahzun Nodira,
Siym tanni yuvdi ko‘z yosh,
Ko‘mdi armon, o‘zbegim.

Yig‘ladi furqatda Furqat
Ham muqimliqda Muqiym,
Nolishingdan Hindu Afg‘on
Qildi afg‘on, o‘zbegim.

Tarixing bitmakka, xalqim,
Mingta Firdavsiy kerak,
Chunki bir bor chekkan ohing
Mingta doston, o‘zbegim.

Ortda qoldi ko‘hna tarix,
Ortda qoldi dard, sitam,
Ketdi vahming, bitdi zahming,
Topdi darmon, o‘zbegim.

Bo‘ldi osmoning charog‘on
Tole xurshidi bilan,
Bo‘ldi asriy tiyra shoming
Shu’la afshon, o‘zbegim.

Men Vatanni bog‘ deb aytsam,
Sensan unda bitta gul,
Men Vatanni ko‘z deb aytsam,
Bitta mujgon, o‘zbegim.

Faxr etarman, ona xalqim,
Ko‘kragimni tog‘ qilib,
Ko‘kragida tog‘ ko‘targan
Tanti dehqon, o‘zbegim.

O’zbegim deb keng jahonga
Ne uchun madh etmayin!
O’zligim bilmoqqa davrim
Berdi imkon, o‘zbegim.

Men buyuk yurt o‘g‘lidurman,
Men bashar farzandiman,
Lek avval senga bo‘lsam
Sodiq o‘g‘lon, o‘zbegim.

Menga Pushkin bir jahonu
Menga Bayron bir jahon,
Lek Navoiydek bobom bor,
Ko‘ksi osmon, o‘zbegim.

Qayga bormay boshda do‘ppim,
G’oz yurarman, gerdayib,
Olam uzra nomi ketgan
O’zbekiston, o‘zbegim.

Bu qasidam senga, xalqim,
Oq sutu tuz hurmati,
Erkin o‘g‘lingman, qabul et,
O’zbegim, jon o‘zbegim.

Ushbu ilovada shoirning xalqimiz qalbidan chuqur joy egallagan she'rlari, g'azallari bilan tanishishingiz mumkin.

What’s new

Version 12.0 · Updated July 8, 2024

Илова оффлайн режимга ўтказилди. Энди интернетга уланиш керак эмас.

User reviews

Doniyor Tulamatov
Doniyor Tulamatov
Zorakan
Shahriyor Ashirmamatov
Shahriyor Ashirmamatov
oliy janob inson😊

Alternatives to Erkin Vohidov she'rlari

Looking for apps like Erkin Vohidov she'rlari? Here are 6 similar Android apps on Google Play. All of them are free to download.

Erkin Vohidov she'rlari vs. alternatives
App Rating Price Installs Last updated Compare
Erkin Vohidov she'rlari – Free 50,000+ Jul 8, 2024
O'yla va boy bo'l – Free 100,000+ – Compare
Yulduzli tunlar – Free 5,000+ Dec 6, 2020 Compare
Tushda kechgan umrlar – Free 5,000+ Apr 26, 2020 Compare
So`nggi o`q – Free 1,000+ Dec 6, 2020 Compare
Robinzon Kruzo – Free 1,000+ May 28, 2021 Compare
O`tkan kunlar - Abdulla Qodiri – Free 100,000+ Jul 8, 2024 Compare

Compare Erkin Vohidov she'rlari with the top alternatives: ratings, updates, ASO score and keyword gaps →

Similar apps on Google Play