AppPage.net

Screenshots

  • Imkon Uyi screenshot 1
  • Imkon Uyi screenshot 2
  • Imkon Uyi screenshot 3
  • Imkon Uyi screenshot 4

About Imkon Uyi

Imkon Uyi — imkoniyati cheklangan insonlarning qo‘l mehnati mahsulotlari, xizmatlari va kichik tadbirkorligini keng auditoriyaga taqdim etish uchun yaratilgan maxsus ijtimoiy platforma.
Ilova xaridor va sotuvchilarni o‘zaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lovchi qulay va zamonaviy e’lon tizimi sifatida ishlaydi. Platformada maxsus maqomga ega sotuvchilar mutlaqo bepul va cheksiz miqdorda o‘z mahsulot hamda xizmatlari bo‘yicha e’lon joylashtirishlari mumkin.

Biz xavfsizlik va ishonchni birinchi oʻringa qoʻyamiz: har bir sotuvchi roʻyxatdan oʻtishda maxsus tekshiruv jarayonidan oʻtkaziladi. Faqatgina shaxsi va sotuvchilik faoliyati tasdiqlangan foydalanuvchilargagina platformada e'lon berish va sotuvchilik huquqi taqdim etiladi.
Imkon Uyi platformasining asosiy maqsadi:
Imkoniyati cheklangan insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
Ularning noyob mahsulotlari, hunarmandchilik namunalari va xizmatlarini ommaga tanitish;
Ularga mustaqil ravishda tadbirkorlik qilishlariga hamda daromad topishlariga yaqindan yordam berishdir.
Ilova taqdim etadigan asosiy imkoniyatlar:
Qulay e'lonlar tizimi: Mahsulot va xizmatlarni batafsil tavsif va rasmlar bilan e’lon qilish.
To'g'ridan-to'g'ri aloqa: Xaridor va sotuvchilarni telefon raqami yoki Telegram orqali oson bog‘lash.
Xavfsiz muhit: Tekshirilgan va ishonchli sotuvchilar bazasini shakllantirish.
Mutlaqo bepul: Sotuvchilar uchun e’lon joylashtirishda hech qanday yashirin toʻlovlar yoʻq.

Eslatma: Ayni paytda platforma ilova ichida to‘lovlarni qabul qilish va yetkazib berish xizmatlarini amalga oshirmaydi. Ilova foydalanuvchilar orasidagi aloqa, axborot almashinuvi va e’lon taxtasi sifatida faoliyat yuritadi.

User reviews

Linux User
Linux User
zo'r👍
NURBERDI OVEZOV
NURBERDI OVEZOV
good

Alternatives to Imkon Uyi

Looking for apps like Imkon Uyi? Here are 3 similar Android apps on Google Play. All of them are free to download.

Imkon Uyi vs. alternatives
App Rating Price Installs Last updated Compare
Imkon Uyi – Free 50+ Jun 11, 2026
QR Gastronomy – Free 100+ Jun 10, 2026 Compare
Xaliq murajati – Free 1,000+ – Compare
Qo'shish kalkulyatori – Free 1+ Nov 11, 2025 Compare

Compare Imkon Uyi with the top alternatives: ratings, updates, ASO score and keyword gaps →

Similar apps on Google Play