Back to Top
English Uzbek Dictionary by Wisdom Screenshot 0
English Uzbek Dictionary by Wisdom Screenshot 1
English Uzbek Dictionary by Wisdom Screenshot 2
English Uzbek Dictionary by Wisdom Screenshot 3
Free website generator for mobile apps; privacy policy, app-ads.txt support and more... AppPage.net

About English Uzbek Dictionary by Wisdom

Har qanday til o'rganuvchi uchun lug'at asosiy omil hisoblanadi va ko'pchilik ularni shunchaki so'zlarni tarjima qilib beruvchi oddiy vosita deb hisoblaydi. Lekin Wisdom lug'ati sizni odatdagi lug'at haqidagi tushunchalaringizni butunlay o'zgartirib yuboradi va ishonchimiz komilki bu lug'at tez orada sizning Ingliz tili o'rganish jarayoningizning ajralmas qismiga aylanadi.

Wisdom lug'ati siz kutgandan ko'ra ko'prog'ini taklif etadi:

120 000 dan ziyod so'z va iboralar
Wisdom lug'atida amaldagi mavjud so'zlardan tortib, muayyan sohaga oid 70 000 dan ziyod Inglizcha va 50 000 dan ortiq O'zbekcha so'z va iboralarni o'z ichiga olgan, O'zbekistondagi eng ko'p so'z va iboralarga ega bo'lgan yagona lug'at hisoblanadi.

Ishonchlilik
Ko'p mavjud lug'atlardagi so'z tarjimalari va tasniflari so'zning asl ma'nosiga unchalik ham to'g'ri kelavermaydi. Wisdom lug'atida esa besh yil davomida har bir so'z tarjimasi Oxford, MacMillan, Collins, Cambridge va Longman kabi ishonchli lug'atlardan foydalanib alohida yondashilgan holda, e'tibor bilan tarjima qilingan.

Yangicha O'zbekcha-Inglizcha!
Bu hususiyat bizning faxrimiz hisoblanadi. O'zbekcha so'zlarning Inglizcha ma'nolar hech qachon bunchalik aniqlik va osonlik bilan tarjima qilinmagan. E'tiborga loyiq tomoni shundaki, siz nafaqat so'zlarni (misol uchun non) balkim so'z birikmalarini (non yopmoq, non idish, non ushoq...), va hattoki muayyan ibora va jumlalarni (nonini yarimta qilmoq, og'zidan nonini olib qo'ymoq kabilarni) ham qidirishingiz mumkin. Bunday o'zgacha, ajoyib imkoniyatni sizga faqat Wisdom lug'atigina taqdim eta oladi.

Grammatika
So'zlarni lug'aviy ma'nosini bilish ularni to'g'ri ishlatish uchun yetarli emas. Muayyan bir so'zlarning o'ziga xos grammatik xususiyatlari, ishlatilish qonun qoidalarini mavjud va albatta Wisdom lug'ati bularni ham hisobga olgan holda so'zlarda Grammar bo'limini joriy etgan va bu bo'limda mazkur so'zga oid grammatik qonun qoidalar oddiy tushuntirishlar va o'rinli misolllar bilan batafsil tushintirilb o'tilgan.

So'z ketma-ketliklari (Collocations)
Hozirgi paytda o'quvchilarning eng katta muammolaridan biri bu Ingliz tilidagi to'g'ri so'z ketma-ketliklarini bilmasligidadir va oqibatda ular tuzmoqchi bo'lgan birikmalarini sun'iy ravishda tuzib noto'g'ri talqin qilishadi. Misol uchun o't qo'ymoq albatda put fire emas, va albatta o't o'chirmoq - switch off fire; o't boshlamoq - start fire; o't chiqmoq - go out fire bo'la olmaydi. Wisdom lug'atida albatta bu ham e'tiborga olingan va o'rganuvchilarni bunday xatolarga yo'l qo'ymasliklari uchun so'zlarda Collocations bo'limi tuzib chiqilgan. Bu bo'limda o'sha so'z atrofidagi jumlalarning to'g'ri ketma-ketligi misollar bilan guruhlarga ajratilgan holda berib o'tilgan.(Yuqoridagi so'z juftliklarning to'g'ri tasnifini bilish uchun esa fire so'zidagi Collocations bo'limiga qarang.)

So'zlarning lug'aviy farqlari
Boshqa tillar kabi Ingliz tilida ham ma'no jihatdan bir-biriga yaqin lekin biri boshqasining o'rnida ishlatila olmaydigan so'zlar talaygina. Misol uchun listen va hear; house yoki home; make yoki do; work yoki job kabi so'zlarni ko'pchilik farqlay olmasliklari mumkin. Shuni inobatga olgan holda Wisdom lug'ati o'rganuvchilarni qiynab yurgan shu va shu kabi so'zlar orasidagi tafovut va farqlarni sodda yondashuv va misollar bilan Thesaurus va Difference bo'limlarida batafsil tushuntirib beradi.

Qo'shimcha ma'lumotlar.
Wisdom lu'gati quyidagi har biri muhim va e'tiborga loyiq jihatlarni ham o'z ichiga oladi:
• Misollar
• Rasmlar
• Mashqlar
• Faol va nofaol so'zlar
• Sinonim va Antonimlar
• So'zlarning qaysi shevada ishlatilishi [BrE, AmE, CanE...]
• Qaysi predlog va so'z turkumlari bilan kelishi [~ in/with sth] [~ adv/adj]
• Qaysi sohaga oidligi [biology, math...]
• Sanaladigan yoki sanalmasligi [C, U]
• Rasmiy yoki norasmiyligi [formal] [informal]
• Akademik yoki noakademik so'z ekanligi [AW]
• So'zlarning qanday talaffuz qilinishi
• So'z metaforasi (Metaphor)
• So'zga oid tekst (Culture)

Similar Apps

English Sentence Master

English Sentence Master

4.5

English Sentence Master: Learn English with thousands of most common sentences in...

Cambridge English Dictionary

Cambridge English Dictionary

3.0

FREE PREVIEW Try before you buy! See the full word list, preview...

Dictionary.com Premium

Dictionary.com Premium

4.6

Download the number one dictionary app with English language learning tools and...

Rekhta Urdu Dictionary – in Ur

Rekhta Urdu Dictionary – in Ur

4.7

Rekhta Dictionary is the world’s largest trilingual Urdu dictionary with meanings of...

Bible in Amharic and Geez, KJV

Bible in Amharic and Geez, KJV

4.5

MAJOR FEATURES* Amharic, Geez, KJV, ASV Bibles with On-demand Audio (download a...

Worddio: Grow your vocabulary

Worddio: Grow your vocabulary

4.2

Ever felt the need to be able to articulate your thoughts and...

Frequently Asked Questions(FAQ)

Wisdom lu'gatining umumiy mavzusi nima?

Wisdom lu'gati ko'pchilik so'zlarni tarjima qiluvchi lug'atdir.

Wisdom lu'gatida qancha so'z va iboralar mavjud?

Wisdom lug'atida 120,000 dan ziyod so'z va ibora mavjud.

Wisdom lu'gati nechanchi yilda yaratilgan?

Wisdom lu'gati besh yil davomida yaratilgan.

Wisdom lu'gati qaysi lug'atlardan foydalandi?

Wisdom lu'gati Oxford, MacMillan, Collins, Cambridge va Longman kabi lug'atlardan foydalandi.

Wisdom lu'gatida Inglizcha so'zlarni qaysi tilga tarjima qilish mumkin?

Wisdom lu'gatida Inglizcha so'zlarni O'zbek tiliga tarjima qilish mumkin.

Wisdom lu'gatida grammatika qismi borligi haqida qayerda ma'lumot bor?

Wisdom lu'gatida grammatika qismi mavjud.

Wisdom lu'gatida so'z ketma-ketliklari bo'limi borligi haqida qayerda ma'lumot mavjud?

Wisdom lu'gatida so'z ketma-ketliklari haqida ma'lumotlar so'zlar bilan biriktirilgan bo'lim mavjud.

Wisdom lu'gatidagi ma'lumotlar qanday ko'rinishda tasvir etilgan?

Wisdom lu'gatidagi ma'lumotlar misollar, rasmlar, mashqlar, faol va nofaol so'zlar kabi ko'rinishlarda tasvir etilgan.

Wisdom lu'gatida so'zlarning qanday talaffuz qilinishi haqida ma'lumot mavjudmi?

Ha, Wisdom lu'gatida so'zlarning qanday talaffuz qilinishi haqida ma'lumotlar mavjud.

Wisdom lu'gatida so'zlarga oid matnlar mavjudmi?

Ha, Wisdom lu'gatida so'zlarga oid matnlar mavjud.
author
That is the best dictionary i have ever used.
Umidjon Abdurahimov
author
I think this app's totally different from other uzbek translators and it have made me so happy cuz of it's free! Mmm but there're so many adds plz upgrade your app without adds
Shohrux A'zamov
author
Ilovani offline qilish, bir martalik to'lov ta'rifini kiritish, so'zlar o'qilishining fonetik belgilardagi, eucalyptus [ˌjuːkəˈlɪptəs] kabi, ko'rinishini qo'shish kabi narsalar ham yo'lga qo'yilsa, ayni mudd...
Oxunjon Oxunov
author
Manimcha, bundan yaxshi inglizcha-o'zbekcha lug'at bo'lmasa kerak. Ushbu lug'at Cambridge Dictionarydan foydalanilgan holda yaratilgan. Eng ma'qul tomoni - ba'zan ko'plab so'zlarning ma'nosini bilsang-da, ay...
Asilbek Siddiqov
author
Awesome!
Hilufar Qurbonova
author
Really Great
Durdona Xayrullayeva