Back to Top
SayyidSafo Screenshot 0
SayyidSafo Screenshot 1
SayyidSafo Screenshot 2
SayyidSafo Screenshot 3
Free website generator for mobile apps; privacy policy, app-ads.txt support and more... AppPage.net

About SayyidSafo

MEN BU KUNNI UZOQ KUTDIM…

Assalomu alaykum.

Haqiqatdan ham men bu kunni uzoq kutdim. Oxirgi 1.5 yillik mehnat, so‘nggi 6 oylik tinimzsiz harakatlar, uyqusiz kechalar mahsuli. Ajoyib jamoaning bir yoqadan bosh chiqarib qilgan ishi natijasi bu.

Ancha vaqtdan beri orzu bo‘lib kelgan xayol bugunga kelib haqiqatga aylandi. SayyidSafo, bu—o‘zbekzabon tildoshlarimiz, millatdoshlarimiz uchun yaratilgan ayni sifatdagi ilk loyiha, bilishimcha.

Jamoamiz bilan ishlar ekanmiz, ba’zan tortishdik, ba’zan xafalashdik, ko‘pincha fikrlar bir nuqtada birlashdi va shu sabab ham bugun sizga armug‘on qilishga arzigulik ijod mahsulimiz bor.

Bu ishni amalga oshirishda atrofimda jamlangan barcha-barchadan roziman va shunday insonlardan Allohning izni ila bir jamoa shakllanganidan bag‘oyat xursandman. Ro‘yoni ro‘yobga chiqarishda uzoqda turib bo‘lsada, yaqindan yordam bergan insonlarga esa, chuqur minnatdorligimni bildiraman. Alloh ulardan rozi bo‘lsin!

Endi siz Ustozimiz Sayyid Abdulbositxon domlaning hamma mav’izalarini bir dasturda tinglashingiz mumkin. Dasturda Juma mav’izalar, Dolzarb mavzu, Ruhiy tarbiya, Farzand tarbiyasi, Savolim bor, Oxiratga tayyorgarlik, Alloh taologa odob, Og‘riqli mavzular deb nomlangan turkum suhbatlardan bahramand bo‘lasiz va bu audiojavon muntazam ravishda boyitib boriladi.

Alloh taolodan bu qilingan ishni o‘zining dargohida husni qabul qilishini so‘rab qolamiz. Duolaringizda biz ojizlarni ham unutmang!

Ilovamiz hozircha Android platformasi uchun.

PS: ilova bilan bog‘liq biror savol, yoki taklif tug‘ilsa: @SayyidSafo_bot

Samimiyat ila SayyidSafo jamoasi...

Similar Apps

Raddiya

Raddiya

0.0

O'rnatib ko'ring, elekron kitob...

Ussd Gold 2021

Ussd Gold 2021

0.0

Ussd Gold 2021 dasturi haqidaSiz azizlarga ushbu "Ussd Gold 2021" dasturini taqdim...

Uzmobile 2021

Uzmobile 2021

0.0

Sizlarga ushbu "Uzmobile 2021" dasturini taqdim qilishdan xursandmiz. Dasturimizda juda ko‘p Uzmobile...

USSD Start 2021

USSD Start 2021

0.0

USSD Start 2021 dasturi haqidaSiz azizlarga ushbu "USSD Start 2021" dasturini taqdim...

Ussd 2021

Ussd 2021

0.0

Ussd 2021 dasturi haqidaSiz azizlarga ushbu "Ussd 2021" dasturini taqdim qilishdan hursandmiz....

USSD UzmobiUz 2021

USSD UzmobiUz 2021

0.0

USSD UzmobiUz dasturi haqidaSiz azizlarga ushbu "USSD UzmobiUz" dasturini taqdim qilishdan hursandmiz....

author
Juda ajoyib. Alloh rozi bolsin sizlardan
Faxriddin Homitov
author
MashaAlloh
Javharbek Yuldashev
author
Zor chiqibti barakalo bolsin
Abdusamid Muhammadov