AppPage.net

Screenshots

  • Ishbor: kunlik ish va ustalar screenshot 1
  • Ishbor: kunlik ish va ustalar screenshot 2
  • Ishbor: kunlik ish va ustalar screenshot 3
  • Ishbor: kunlik ish va ustalar screenshot 4
  • Ishbor: kunlik ish va ustalar screenshot 5
  • Ishbor: kunlik ish va ustalar screenshot 6

About Ishbor: kunlik ish va ustalar

Ishbor — ishchilar uchun ilova. Kunlik ish, ustachilik, dostavka va maxsus texnika bo'yicha yangi ishlar o'zingiz yashaydigan viloyat va tumanda, darhol bildirishnoma bilan keladi.

QAYSI ISHLAR BOR
• Kunlik ishlar — yuk ko'tarish, tozalash, yordamchi ishlar
• Ustachilik — santexnik, elektrik, quruvchi, kafelchi, payvandchi va boshqalar
• Dostavka — skuter, mashina yoki velosipedda yetkazib berish
• Maxsus texnika — samosval, avtokran, ekskavator, pogruzchik, manipulyator va boshqalar

QANDAY ISHLAYDI
1. Ro'yxatdan o'ting: viloyat, tuman, pasport ma'lumotlari va telefon raqamingiz.
2. O'zingizga mos bo'limlarni tanlang. Dostavka va maxsus texnika uchun transportingizni qo'shing.
3. Yangi ish e'lon qilinishi bilan sizga bildirishnoma keladi — o'sha bo'limdagi barcha ishchilarga bir vaqtda.
4. Yoqqan ishni yulduzcha evaziga oching: ish beruvchining telefoni va aniq manzili ko'rinadi.
5. Ish beruvchiga qo'ng'iroq qiling, kelishing va ishni bajaring.

NIMA UCHUN ISHBOR
• Faqat sizning hududingizdagi ishlar — uzoqqa borish shart emas
• Har bir ishchi pasport bilan tasdiqlanadi — ishonchli hamjamiyat
• Ish haqi, vaqt va kerakli odamlar soni oldindan ko'rinadi
• Ilova yopiq bo'lsa ham yangi ishlar haqida xabar keladi ("Ishdaman" rejimi)
• Operator bilan ovozli aloqa (ratsiya) — bir tugma bilan
• Tez va yengil ilova, internet sekin bo'lsa ham ishlaydi

Savollar bo'yicha ilovadagi operator raqamiga qo'ng'iroq qiling.

What’s new

Version 2.1.7 · Updated November 1, 2026

Birinchi versiya: kunlik ish va ustalar e'lonlari.