About Haqiqat nima
Har kim haqiqatni o‘zining imoni, hayotiy tajribasi va farosati darajasida taniydi. O’lchovi ham mana shu holatlariga ko‘radir. Birov ko‘zlagan ishi foydasiga hal bo‘lmasa bo‘ldi, haqiqat yo‘q, deb hukm chiqaradi. Birov ko‘proq jamiyatini, mamlakatini, bugun insoniyatni o‘ylaydi, ularga haqiqatni sog‘inadi. Kecha onglarga haqiqat deb singdirilgan dunyoqarashlar bugun ulkan yolg’on-uydirma bo‘lib chiqdi. Jamiyat dovdirab qoldi. Kuchli siyosiy-mafkuraviy bosimlar tufayli haqiqat bo‘lib tuyuladigan, aslida tagi puch bo‘lgan falsafalardan charchagan insonimiz o‘zgarmas, mutlaq haqiqatni axtarishga ehtiyoj sezdi. Katta o‘zgarishlar zamonida hamisha shunday bo‘ladi. Muhimi haqiqatga tashnalikni vaqtida va to‘g‘ri qondirishdir. Tashna yurakka zarur vositani vaqtida va to‘g‘ri tuta bilishdir. Bu yo‘lda Alouddin Basharning "Haqiqat nima?" kitobchasi bizga yordamchi bo‘ladi. U aniq savollar yuzasidan aniq bir qizga yo‘llangan maktublardan iborat ekaniga qaramay, o‘qigan har bir inson xitob o‘ziga qaratilganini his qiladi. Asarning ta’sir kuchi va foydasi ham shu nuqtada, bizningcha.
Haqiqatni topishingizda Alloh taolo sizga yor bo‘lsin, bu yo‘ldagi iztiroblaringiz quvonchlarga ulashib ketsin.
Nurulloh MUHAMMAD RAUFXON
Kitob muallifi:Alouddin Bashar
Similar Apps
Sevinch Muminova
Севинч Муминова – популярная актриса из Узбекистана, певица. Слава пришла к ней...
Dr. Zakir Naik
Zakir Abdul Karim Naik[10] (Arabic: ذاكر عبد الكريم نايك; born 18 October...
Abdulloh domla mp3
Eng ta'sirli ma'ruzalarni Abdulloh domladan eshiting...
Children's Islamic Song
Islamic music may refer to religious music, as performed in Islamic public...
Rahimberdi Rahmonov 1-qism
Rahmonov Rahimberdi Ergashevich 1977 yil 8 oktyabrda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida ziyoli...
Al-adab al-Mufrad
Kitobda Muhammad paygʻambarning odob-axloqi toʻgʻrisida hadislar bor. Asardan umumiy 1322 hadis joy...