AppPage.net

About Haqqim — AI qarz daftari

Haqqim - kichik do'kon va rastalar uchun AI qarz daftari. Kim, qancha, qachongacha - bir gap bilan aytasiz, AI yordamchi yozuvni o'zi tuzadi.

Kichik do'konda kuniga bir-ikki nasiya bo'ladi, lekin bir oyda ular qog'oz daftarga sig'may qoladi: kim qancha olgani chalkashadi, qisman to'lovlar hisobdan chiqib ketadi, "qancha qarzim bor?" degan savolga javob topish uzoq vaqt oladi. Haqqim shu hisobni o'zi yuritadi.

Nimalar qila oladi:
• Ovoz bilan yozish: “Ali 50 ming so'mlik mol oldi, 10 kunda beradi” deysiz - ism, summa va muddat tayyor bo'ladi. Saqlashdan oldin yozuvni ko'rib, tuzatasiz.
• Mijozlar va qarzdorlar: kim nasiyaga nima oldi, qancha qarz bo'ldi, qanchasini qaytardi - har bir mijoz bo'yicha.
• To'lovlar va muddatlar: qisman to'lov va bo'lib to'lash hisobga olinadi; muddati o'tgan va yaqinlashgan nasiyalar ro'yxat boshida ko'rinadi.
• SMS eslatma: eslatma matnini sun'iy intellekt yozadi, siz tahrirlaysiz. SMS telefoningizning o'z xabarlar ilovasida ochiladi va siz bosganingizdagina ketadi.
• Live AI suhbat: “Qancha qarzim bor?”, “Kimning muddati o'tgan?” deb ovoz bilan so'raysiz.
• Daftar suratini o'qish: eski qog'oz daftar sahifasini suratga olasiz, qatorlar ro'yxatga aylanadi.
• Hisobot: Excel yoki PDF ko'rinishida yuklab olasiz.
• Xodimlar va rollar: sotuvchi qarz yozadi va to'lov qabul qiladi, sozlamalar va hisobotlar egasida qoladi.
• Yetkazib beruvchilarga qarzlarim: o'zingiz kimga qancha qarzdorligingiz ham alohida yuritiladi.
• So'm va dollar alohida hisoblanadi.

Maxfiylik:
Ovozli yozuv faqat matnga aylantirish uchun yuboriladi va saqlanmaydi. Daftar surati ham saqlanmaydi. Daftarga faqat siz tasdiqlagan yozuvlar tushadi. Ilovada reklama yo'q.

Kirish va tariff:
Telefon raqamingiz va SMS kod orqali kirasiz. Avval bepul foydalanasiz, keyin yillik obuna kerak bo'ladi: to'lov ilova ichida karta orqali amalga oshiriladi, chekni yuklaysiz. Obuna tugasa ham ma'lumotingiz yo'qolmaydi - ko'rish rejimida qoladi.

Ruxsatlar: mikrofon faqat ovoz bilan yozish va suhbat uchun so'raladi.

Batafsil: haqqim.uz

What’s new

Version 1.0.3 · Updated November 17, 2026

Ilova ishlashi yaxshilandi.

Alternatives to Haqqim — AI qarz daftari

Looking for apps like Haqqim — AI qarz daftari? Here are 6 similar Android apps on Google Play. All of them are free to download.

Haqqim — AI qarz daftari vs. alternatives
App Rating Price Installs Last updated Compare
Haqqim — AI qarz daftari – Free 1,000+ Nov 17, 2026
Mollkom – Free 10+ Nov 1, 2026 Compare
Revlog for Zebra – Free 10+ Aug 14, 2026 Compare
Linkava – Free 1+ Nov 4, 2026 Compare
Khmer Digital Pro – Free 10+ Jul 4, 2026 Compare
SPBU POS – Free 10+ Sep 2, 2026 Compare
Pet Sitter Report Card & Keys – Free 10+ Oct 9, 2026 Compare

Compare Haqqim — AI qarz daftari with the top alternatives: ratings, updates, ASO score and keyword gaps →

Similar apps on Google Play