AppPage.net

Screenshots

  • Abu Rayhon Beruniy screenshot 1
  • Abu Rayhon Beruniy screenshot 2
  • Abu Rayhon Beruniy screenshot 3
  • Abu Rayhon Beruniy screenshot 4
  • Abu Rayhon Beruniy screenshot 5

About Abu Rayhon Beruniy

Abu-Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy – olimning to‘liq ismi bo‘lib, undagi “berun” so‘zi “tashqari” degan maʼnoni anglatadi.
Keyinchalik bu laqab olimning to‘liq nomiga qo‘shilib qolgan. Olimning ismidagi “Abu Rayhon” so‘zlari “Rayhonning otasi” yoki “marhamatli”, “rahmdil” maʼnolarini bildiradi. Beruniy 973 yil 4 sentyabrda Xorazmning qadimgi poytaxti Kot (hozirgi Beruniy) shahrida tug‘ilgan. Yoshligida ota-onasidan yetim qolgan Beruniyni 980 yilda taniqli olim Abu Nasr ibn Iroq o‘z tarbiyasiga olgan va taʼlim bergan.
Beruniy 16 –17 yoshligidan boshlab astronomik kuzatishlarni olib borgan, 990 yilning mart oyida o‘zi yasagan astronomik asboblar bilan birinchi va aniq natijaga erishgan: bahorgi teng kunlik paytida, Quyoshning balandligini aniqlagan. Yosh olim 20 – 22 yoshlarida Sharqda birinchi marta Yer globusini yasagan, bir nechta kitoblar yozgan. Lekin, Beruniy o‘zi yasagan barcha qurilmalari-yu hatto, globusini ham olishga ulgurmasdan, o‘zi yashayotgan Kot shahrini tashlab, Rayga (Eronga) ketishga majbur bo‘ladi, chunki Afrig‘iy xorazmshohlar (305-995) o‘z taxtini Maʼmuniylarga (995-1017) bo‘shatib berib, tarix sahnasidan ketishgan. 995-997 yillarda qochqinlikda yurgan Beruniy hayotidagi unutilmas voqea yuz beradi, Rayda u X asrning mashhur astronomi Abu Mahmud al-Xo‘jandiy bilan uchrashadi, birgalikda yangi astronomik kuzatishlarni olib boradi. 998 yili Beruniy Jurjonga (Kaspiy dengizidan janubdagi shahar) keladi. O‘sha yerning podshohi Qobus ibn Vashmgirga bag‘ishlangan eng birinchi yirik “Osor al-boqiya” asarining yozib tugatgach, 1003 yil oxiri 1004 yil boshida Gurganch (xorazmshohlarning yangi poytaxti) hukmdori Maʼmun ibn Maʼmun saroyiga xizmatga keladi. O‘sha 1004 yil boshidan Xorazm Maʼmun akademiyasiga asos solinadi va Beruniy o‘ziga zamondosh bo‘lgan olimlar bilan birgalikda ushbu ilm maskanida faoliyat olib boradi, davlat ishlarida esa xorazmshohga maslahatchi bo‘ladi. 1004-1017 yillar davomida Gurganchda Beruniy o‘z safdoshlari bilan birgalikda aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishida turli xil tajribalar, ilmiy tadqiqotlar olib boradi, bu esa o‘z navbatida Gurganchdagi “Maʼmun akademiyasi”ning gullab yashnashiga sabab bo‘ladi.

Alternatives to Abu Rayhon Beruniy

Looking for apps like Abu Rayhon Beruniy? Here are 6 similar Android apps on Google Play. All of them are free to download.

Abu Rayhon Beruniy vs. alternatives
App Rating Price Installs Last updated Compare
Abu Rayhon Beruniy – Free 1+ Dec 25, 2022
Toshkent Parfum – Free 10+ Feb 23, 2023 Compare
Musofir – Free 1,000+ Mar 7, 2024 Compare
ANATOMICÁ – Free 500+ Mar 15, 2024 Compare
NTR – Free 10+ Nov 11, 2022 Compare
Obod Sergeli – Free 1+ Jul 13, 2022 Compare
NoMakler – Free 10+ Sep 9, 2022 Compare

Compare Abu Rayhon Beruniy with the top alternatives: ratings, updates, ASO score and keyword gaps →

Similar apps on Google Play