AppPage.net

Screenshots

  • Bip: haydovchi bilan aloqa screenshot 1
  • Bip: haydovchi bilan aloqa screenshot 2
  • Bip: haydovchi bilan aloqa screenshot 3
  • Bip: haydovchi bilan aloqa screenshot 4

About Bip: haydovchi bilan aloqa

Bip (bip.uz) — mashina egasiga telefon raqamisiz xabar yuborish ilovasi. Oynangizga Bip QR stikerini yopishtirasiz: mashinangiz yo'lni to'sib qo'ysa, fari yoniq qolsa yoki signalizatsiya chalinsa, istalgan odam QR ni skanerlab sizga xabar yuboradi yoki qo'ng'iroq qiladi. Raqamingiz hech kimga ko'rinmaydi. Bip'ni yuklab oling, stikerni uch qadamda ulang — oyna ostidagi qog'ozlar bilan xayrlashing. Bip'da signal, qo'ng'iroq, tarix, eslatmalar va servis yozuvlari bepul. RAQAMSIZ ALOQA • Oynaga telefon raqami yozish shart emas — raqamingiz maxfiy qoladi. • Xabar yuboruvchiga ilova kerak emas: QR telefon kamerasi bilan brauzerda ochiladi. • Tayyor xabarlar: «Chiqolmayapman, yo'l bering», «Faringiz yoqiq qolgan», «Signalizatsiya ishlayapti», «Mashinangizga tegib ketishdi». • Raqamsiz qo'ng'iroq: sizga brauzerdan qo'ng'iroq qilishadi, ikki tomonda ham raqamlar ko'rinmaydi. • Bir bosishda javob: «Chiqyapman» (2, 5 yoki 10 daqiqada) yoki «Chiqolmayman». • Bezovta qiluvchini bloklash — u buni bilmaydi. Tunda signallar ovozsiz keladi. • Push kelmasa, signal Telegram'ga tushadi. MASHINA HAQIDA HAMMASI BIR JOYDA • Probeg o'zi sanaladi: telefon mashinaga (CarPlay yoki Bluetooth) ulanganda. • Mashina qayerda: to'xtagan joyingiz o'zi saqlanadi — qayerda qoldirganingizni eslash shart emas. • Sug'urta, texko'rik va tonirovka muddatlari haqida eslatma — o'z vaqtida, jarimasiz. • Bosh ekranda mashinangizga MIB taqiqi bo'lsa ogohlantirish. • Servis tarixi: moy, filtr va boshqa xizmatlar; servis chekida har bir tovar narxi. • Moy va filtrni almashtirish vaqti kelganda eslatma. • Bitta ilovada bir nechta mashina. AVTOSERVIS — ASABSIZ • Mashinangiz servisda bo'lsa — holati qulf ekranida va Dynamic Island'da: qabul qilindi, ishlanmoqda, tayyor. Ilovani ochish shart emas. • Taxminiy tayyor bo'lish vaqtigacha sanoq va mashina tayyor bo'lganda ovozli xabar. • Avtoservislarda keshbek va doimiy mijoz chegirmasi. YO'LDA VA ISHLAR BO'YICHA • Yo'lda yordam: xaritada radar — siz turgan joy, yaqin servislar va qidiruv radiusi 1 km dan 50 km gacha kengayib boradi. • Yaqin avtomaktablar xaritada: manzil, qo'ng'iroq, Telegram. • Yaqin notariuslar: e-notarius.uz da navbatga yozilish va kerakli hujjatlar ro'yxati. OYINGIZ BIP BILAN • Ogohlantirishlar, rahmatlar, qo'ng'iroqlar, servis va tejalgan pul — raqamlarda va chiroyli kartochkada. Do'stlarga ulashing. • «Mening sahifam»: QR skanerlanganda ismingiz, havolalaringiz va xohlasangiz telefoningiz. QANDAY ISHLAYDI 1. Bip stikerini mashina oynasiga yopishtiring. 2. Ilovada QR ni skanerlang va davlat raqamini yozing. 3. Tayyor — endi sizga raqamsiz xabar yozishadi. Mashinani sotsangiz, stikerni uzasiz — yangi egasi uni o'ziga ulaydi. BIP EKOTIZIMI • Bip — mashina egalari uchun (shu ilova). • Bip Business — avtoservislar uchun: mijozlar, eslatmalar, qarzlar va hisobot. • Bip Auto — mashina monitori (magnitola) uchun: probeg o'zi yoziladi. Bip'ni yuklab oling va stiker oling — atrofda haydovchilar qancha ko'p bo'lsa, qo'ng'iroq va qog'ozsiz kelishish shuncha oson. Bip haqida to'xtash joyidagi qo'shningizga ham ayting! Ilova o'zbek, rus va ingliz tillarida. Sayt: bip.uz Foydalanish shartlari (EULA): https://bip.uz/terms Maxfiylik siyosati: https://bip.uz/privacy

What’s new

Version 1.2.24 · Updated October 31, 2026

• StarLine: signalizatsiyani Bip'ga ulang — holati «Servis va probeg»da, «Mashinani boshqarish»dan qo'riqlash, o't oldirish va signal. • «Servis va probeg» sahifasi yangilandi: xizmatlar, muddatlar va eslatmalar bir joyda, «Moy turi» ham yoziladi. • «Panel belgisi»: asboblar panelidagi belgini suratga oling — Bip uni taniydi va qaysi servisga borishni aytadi. • «Texpasportni suratdan to'ldirish»: mashina ma'lumotlari suratdan o'zi yoziladi. • Jamoa: savolga mashina kartasini qo'shing — servislar probeg va muddatlarni ko'radi, raqam va telefon ko'rinmaydi. Rasm — kamera yoki galereyadan. • Bitta hisob, ikki telefon: safarlar, sozlamalar va (xohlasangiz) hujjat rasmlari hamma telefonda bir xil.

App privacy

The developer, Nodirbek Razzokov, reported these privacy practices to Apple.

Data Linked to You

The following data, which may be collected and linked to your identity, may be used for the following purposes:

  • Location: Precise Location
  • Contact Info: Email Address, Name, Phone Number
  • User Content: Emails or Text Messages, Photos or Videos, Audio Data
  • Identifiers: User ID, Device ID
  • Other Data: Other Data Types

Used for: App Functionality

Data Not Linked to You

The following data, which may be collected but is not linked to your identity, may be used for the following purposes:

  • Identifiers: Device ID
  • Usage Data: Product Interaction
  • Diagnostics: Crash Data, Performance Data
  • Other Data: Other Data Types

Used for: Analytics, App Functionality

Alternatives to Bip: haydovchi bilan aloqa

Looking for apps like Bip: haydovchi bilan aloqa? Here are 6 similar apps on the App Store.

Bip: haydovchi bilan aloqa vs. alternatives
App Rating Price Last updated Compare
Bip: haydovchi bilan aloqa – Free October 31, 2026
Road24 Pro - Ustalar – Free Oct 26, 2026 Compare
Ulov EN – Free Sep 25, 2026 Compare
Mini Check - Mobile Inventory – 0.99 USD Feb 20, 2026 Compare
AutoPhone – Free Sep 9, 2026 Compare
6 Секунд: Автомойка и Бонусы – Free May 31, 2026 Compare
Carwon Mobile – Free Dec 7, 2024 Compare

Compare Bip: haydovchi bilan aloqa with the top alternatives: ratings, updates, ASO score and keyword gaps →