AppPage.net

Screenshots

  • Wisdom lug'ati: English-Uzbek screenshot 1
  • Wisdom lug'ati: English-Uzbek screenshot 2
  • Wisdom lug'ati: English-Uzbek screenshot 3
  • Wisdom lug'ati: English-Uzbek screenshot 4

About Wisdom lug'ati: English-Uzbek

Ko'pchilik lug'atni shunchaki so'zlarni tarjima qiluvchi vosita deb hisoblaydi. Wisdom lug'ati esa odatdagi lug'at haqidagi tushunchalaringizni o'zgartiradi va tez orada Ingliz tili o'rganish jarayoningizning ajralmas qismiga aylanadi. Wisdom lug'ati siz kutgandan ko'ra ko'prog'ini taklif etadi: 120 000 dan ziyod so'z va iboralar Wisdom lug'atida amaldagi mavjud so'zlardan tortib, muayyan sohaga oid 70 000 dan ziyod Inglizcha va 50 000 dan ortiq O'zbekcha so'z va iboralarni o'z ichiga olgan, O'zbekistondagi eng ko'p so'z va iboralarga ega bo'lgan yagona lug'at hisoblanadi. Ishonchlilik Ko'p mavjud lug'atlardagi so'z tarjimalari va tasniflari so'zning asl ma'nosiga unchalik ham to'g'ri kelavermaydi. Wisdom lug'atida esa besh yil davomida har bir so'z tarjimasi Oxford, MacMillan, Collins, Cambridge va Longman kabi ishonchli lug'atlardan foydalanib alohida yondashilgan holda, e'tibor bilan tarjima qilingan. Yangicha O'zbekcha-Inglizcha! Bu hususiyat bizning faxrimiz hisoblanadi. O'zbekcha so'zlarning Inglizcha ma'nolar hech qachon bunchalik aniqlik va osonlik bilan tarjima qilinmagan. E'tiborga loyiq tomoni shundaki, siz nafaqat so'zlarni (misol uchun non) balkim so'z birikmalarini (non yopmoq, non idish, non ushoq...), va hattoki muayyan ibora va jumlalarni (nonini yarimta qilmoq, og'zidan nonini olib qo'ymoq kabilarni) ham qidirishingiz mumkin. Bunday o'zgacha, ajoyib imkoniyatni sizga faqat Wisdom lug'atigina taqdim eta oladi. Grammatika So'zlarni lug'aviy ma'nosini bilish ularni to'g'ri ishlatish uchun yetarli emas. Muayyan bir so'zlarning o'ziga xos grammatik xususiyatlari, ishlatilish qonun qoidalarini mavjud va albatta Wisdom lug'ati bularni ham hisobga olgan holda so'zlarda Grammar bo'limini joriy etgan va bu bo'limda mazkur so'zga oid grammatik qonun qoidalar oddiy tushuntirishlar va o'rinli misolllar bilan batafsil tushintirilb o'tilgan. So'z ketma-ketliklari (Collocations) Hozirgi paytda o'quvchilarning eng katta muammolaridan biri bu Ingliz tilidagi to'g'ri so'z ketma-ketliklarini bilmasligidadir va oqibatda ular tuzmoqchi bo'lgan birikmalarini sun'iy ravishda tuzib noto'g'ri talqin qilishadi. Misol uchun o't qo'ymoq - put fire emas, o't o'chirmoq ham switch off fire bo'la olmaydi. Wisdom lug'atida albatta bu ham e'tiborga olingan va o'rganuvchilarni bunday xatolarga yo'l qo'ymasliklari uchun so'zlarda Collocations bo'limi tuzib chiqilgan. Bu bo'limda o'sha so'z atrofidagi jumlalarning to'g'ri ketma-ketligi misollar bilan guruhlarga ajratilgan holda berib o'tilgan. So'zlarning lug'aviy farqlari Boshqa tillar kabi Ingliz tilida ham ma'no jihatdan bir-biriga yaqin lekin biri boshqasining o'rnida ishlatila olmaydigan so'zlar talaygina. Misol uchun listen va hear; house yoki home; make yoki do; work yoki job kabi so'zlarni ko'pchilik farqlay olmasliklari mumkin. Wisdom lug'ati bunday so'zlar orasidagi farqlarni sodda misollar bilan Thesaurus va Difference bo'limlarida tushuntirib beradi. Qo'shimcha ma'lumotlar. Wisdom lu'gati quyidagi har biri muhim va e'tiborga loyiq jihatlarni ham o'z ichiga oladi: • Misollar • Rasmlar • Mashqlar • Faol va nofaol so'zlar • Sinonim va Antonimlar • So'zlarning qaysi shevada ishlatilishi [BrE, AmE, CanE...] • Qaysi predlog va so'z turkumlari bilan kelishi [~ in/with sth] [~ adv/adj] • Qaysi sohaga oidligi [biology, math...] • Sanaladigan yoki sanalmasligi [C, U] • Rasmiy yoki norasmiyligi [formal] [informal] • Akademik yoki noakademik so'z ekanligi [AW] • So'zlarning qanday talaffuz qilinishi Obuna shartlari Premium obuna oylik, 6 oylik va yillik rejalarda mavjud; narxi ilovadagi Premium sahifasida ko'rsatiladi. Obuna avtomatik yangilanadi: joriy davr tugashiga 24 soat qolganda bekor qilinmasa, to'lov Apple ID hisobidan olinadi. Obunani App Store sozlamalarida boshqarishingiz yoki bekor qilishingiz mumkin. Foydalanish shartlari (EULA): https://www.apple.com/legal/internet-services/itunes/dev/stdeula/ Maxfiylik siyosati: https://telegra.ph/Wisdom-Dictionary-Privacy-Policy-04-14

Ratings & reviews

4.4

36 ratings

5 ★ 78% 4 ★ 8% 3 ★ 3% 2 ★ 0% 1 ★ 11%

What’s new

Version 5.4.7 · Updated October 29, 2026

Performance optimizations and folder management bug fixes

App privacy

The developer, Husanboy Abdullayev, reported these privacy practices to Apple.

Data Used to Track You

The following data may be used to track you across apps and websites owned by other companies:

  • Identifiers: Device ID

Data Not Linked to You

The following data, which may be collected but is not linked to your identity, may be used for the following purposes:

  • Identifiers: Device ID

Used for: Product Personalization

Alternatives to Wisdom lug'ati: English-Uzbek

Looking for apps like Wisdom lug'ati: English-Uzbek? Here are 6 similar apps on the App Store. The highest rated is Qizlar Akademiyasi (4.9/5), and all 6 are free to download.

Wisdom lug'ati: English-Uzbek vs. alternatives
App Rating Price Last updated Compare
Wisdom lug'ati: English-Uzbek 4.4 / 5 (36 ratings) Free October 29, 2026
Ibrat Academy 4.5 / 5 (124) Free Oct 31, 2026 Compare
Englify 4.7 / 5 (172) Free Oct 22, 2026 Compare
Uzbek/English Dictionary 4.7 / 5 (26) Free Nov 29, 2023 Compare
Qizlar Akademiyasi 4.9 / 5 (8) Free Oct 28, 2026 Compare
Ustoz AI 4.5 / 5 (61) Free Nov 1, 2026 Compare
Kontrakt Edu 3.0 / 5 (2) Free Sep 17, 2026 Compare

Compare Wisdom lug'ati: English-Uzbek with the top alternatives: ratings, updates, ASO score and keyword gaps →