Back to Top
Ertaklar(bolajonlar chun) Screenshot 0
Ertaklar(bolajonlar chun) Screenshot 1
Ertaklar(bolajonlar chun) Screenshot 2
Ertaklar(bolajonlar chun) Screenshot 3
Free website generator for mobile apps; privacy policy, app-ads.txt support and more... AppPage.net

About Ertaklar(bolajonlar chun)

Ertak — xalq og'zaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri; toʻqima va uydirmaga asoslangan sehrli sarguzasht va maishiy xarakterdagi epik badiiy asar. Asosan, nasr shaklida yaratilgan. Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida etuk shaklida uchraydi va biror voqeani ogʻzaki tarzda hikoya qilish maʼnosini bildiradi. Ertak Surxondaryo, Samarqand, Fargʻona oʻzbeklari orasida matal, Buxoro atrofidagi tuman va qishloqlarda ushuk, Xorazmda varsaqi, Toshkent shahri va uning atrofida choʻpchak deb ataladi. Ertak hayot haqiqatining hayoliy va hayotiy uydirmalar asosida tasvirlanganligi, tilsim va sehr vositalariga asoslanishi, voqea va harakatlarning ajoyibgʻaroyib holatlarda kechishi, qahramonlarning gʻayritabiiy jasorati bilan folklorning boshqa janrlaridan farq qiladi. Ertaklarda uydirma muhim mezon boʻlib, syujet voqealarining asosini tashkil etadi, syujet chizigʻidagi dinamik harakatning konflikt yechimini taʼminlaydi. Uydirmalarning turli xil namunalari taʼlimiy estetik funksiyani bajaradi, janr komponenti sifatida oʻziga xos badiiy tasvir vositasi boʻlib xizmat qiladi. Uydirmalar voqea va hodisalarni hayotda boʻlishi mumkin boʻlmagan yoki mavjud boʻlgan hodisalar tarzida tasvirlaydi. Xayoliy va hayotiy uydirmalarning ishtiroki, syujet chizigʻida tutgan oʻrni va vazifasiga koʻra, ertaklarni 2 guruhga — xayoliy uydirmalar asos boʻlgan ertaklar, hayotiy uydirmalar asos boʻlgan ertaklarga boʻlish mumkin. Xayoliy uydirmalar asosidagi ertaklar syujeti mo'jizali, sehrli; hayotiy uydirmalarga asoslangan ertaklar syujeti esa hayotiy tarzda boʻlib, unda real voqea-hodisalar tasvirlanadi. Ertakda, asosan, uch maqsad hikoya qilinadi. Birinchisida ideal qahramonning jasorati, yovuz kuchlarga qarshi chiqib, xalq manfaatini himoya qilishi, ikkinchisida, asosan, bosh qahramonning oʻzga yurt malikalariga yoki parizodlariga oshiq boʻlib uylanishi, kasalga dori topishi, ajdar va devlar olib qochgan kishilarni ozod qilishi, uchinchisida esa adolatsizlikka, zulmga qarshi chiqishi kabi maqsadlar bayon qilinadi. Birinchi maqsad pahlavonning faol harakati va gʻayritabiiy kuchqudrati bilan amalga oshsa, ikkinchi maqsad passiv qahramonga yordam beruvchi tilsim vositalari yordamida, uchinchi maqsad esa bosh qahramonning aqlidroki, tadbirkorligi bilan amalga oshadi.

Similar Apps

Ziyorat odobi

Ziyorat odobi

0.0

Ziyorat odobi haqida...

Пухтупази Тортҳо

Пухтупази Тортҳо

0.0

adБарои тортро дар афтидаем, истифода аз сметана бо маводи фарбеҳро кам кунед....

Zikr va Duolar

Zikr va Duolar

0.0

"Ularga keng Yer torlik qilib qolguncha va dillari siqilib, Alloh (ning g'azabi)...

Salatlar retsepti

Salatlar retsepti

0.0

salatlar tayyorlashga ishqiboz insonlar uchun ajoyib salatlar retseptlar to‘plami!Ushbu dastur o‘zbek tilida...

Namoz oqishni organamiz

Namoz oqishni organamiz

0.0

Bir kunda besh vaqt (bomdod, peshin, asr, shom va xufton) namoz o'qish...

TORT TAYYORLASH SIRLARI!

TORT TAYYORLASH SIRLARI!

0.0

Napoleon tort ressepti uy sharoitida tayyorlash sirlari, bosqichlari, xamiri va kremi tayyorlashni...