Back to Top
Sedananing shifobaxshligi Screenshot 0
Sedananing shifobaxshligi Screenshot 1
Sedananing shifobaxshligi Screenshot 2
Sedananing shifobaxshligi Screenshot 3
Free website generator for mobile apps; privacy policy, app-ads.txt support and more... AppPage.net

About Sedananing shifobaxshligi

Sedana bo‘yi 70 santimetrga boradigan bir yillik o‘simlikdir.
May-iyun oylarida gullaydi, urug‘lari iyul-avgustda yetiladi. Sedana mevasi pishib yetilishiga yaqin qolganda o‘rib olinadi. Uni yaxshilab quritib, yanchib, urug‘lari elakdan o‘tkaziladi va quruq joylarda saqlanadi. Urug‘i tarkibida oqsil, yog‘lar, uglevodlar, B va C vitaminlari hamda boshqa foydali moddalar bor.

Sedana Sharq xalqlari tabobatida qadimdan ishlatib kelinadi. Abu Ali ibn Sino sedana bilan ayrim ko‘z kasalliklarini davolagan, shuningdek, undan gijja haydovchi, gazandalar zahrini kesuvchi va kishini tinchlantiruvchi omil sifatida ham foydalangan. Sedana me’da og‘riqlarida ham tavsiya etiladi. Xalq tabobatida sedana urug‘lari asosida tayyorlangan damlama tish og‘rig‘ini qoldirishda foydali hisoblanadi.

Olimlardan Muhyiddin al-Arabiy aytadi: «Amaldorlardan biri juzom (moxov) kasaliga duchor bo‘lgan edi. Tabiblar uning dardiga chora yupolmay, bu dardga davo yo‘q, deyishdi. Iymoni mustahkam, sunnatga komil ixlos qo‘ygan bir kishi Payg‘ambar alayhissalomning «Sedana barcha dardlarga shifodir», degan hadislarini dalil o‘laroq keltirib,tabiblarpiig so‘zlarini inkor qildi. U sedana va asalni qo‘shib, dori tayyorladi va bemorni muolaja qila boshladi. Tabiblar amaldorning tez shifo topganiga hayratda qolishdi».

Zamonaviy tibbiyotda sedananing immunitetni ko‘tarish xususiyati borligi aniqlangan. U gijja, ayollardagi og‘riqli va anormal hayz sikli, nafas yo‘llari, bo‘yrak, jigar, asab tizimi, oshqozon va ko‘z kasalliklari, bosh va tish og‘rig‘ini davolashda ishlatiladi.

Similar Apps

Barcha Kasalliklar

Barcha Kasalliklar

0.0

Ushbu ilovada odam organizmida uchrovchi barcha kasalliklarning kelib chiqish sabablari, belgilari, diagnostikasi,...

Tibbiyot Ensiklopediyasi

Tibbiyot Ensiklopediyasi

0.0

Ushbu “Tibbiyot Ensiklopediyasi”da inson organizmida uchraydigan kasalliklar bilan bir qatorda, tibbiyot amaliyotida...

Dorivor giyohlar

Dorivor giyohlar

0.0

Dorivor oʻsimliklar - odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek,...

Asab Kasalliklari

Asab Kasalliklari

0.0

Asab tizimlaridagi buzilishlar sababli paydo bo'ladigan kasalliklar haqida...

O`ylanib uylan, uylanib o`ylan

O`ylanib uylan, uylanib o`ylan

0.0

Oila go‘yo dengiz kemasiga o‘xshaydi. Uni dengizga chiqarishga shay bo‘lib turgan kema...

Ochlik va salomatlik

Ochlik va salomatlik

0.0

Har bir inson qachonlardir bu hayotdan ko‘z yumayotib, o‘ziga savol beradi: «Men...