Back to Top
Allergiya turlari va davolash Screenshot 0
Allergiya turlari va davolash Screenshot 1
Allergiya turlari va davolash Screenshot 2
Allergiya turlari va davolash Screenshot 3
Free website generator for mobile apps; privacy policy, app-ads.txt support and more... AppPage.net

About Allergiya turlari va davolash

Allergiya – organizmning spetsifik holati, allergen ta’sirida yuzaga keladi. Bunda shu organizm shu allergenga sezgir boʻladi. Gipersezgirlikning tez yoki sekin turlari koʻrinadi. Idiosinkraziyadan antitelolar paydo boʻlishi bilan farqlanadi.
Allergiya (yun. allos – boshqa, o‘zga, begona va ergon – ta’sir) – kishi organizmida tashqaridan ta’sir qiluvchi allergenlik xususiyatiga ega bo‘lgan har xil yot moddalarga nisbatan paydo bo‘ladigan o‘ziga xos reaksiya. Allergenga nisbatan javob raksiyasi darhol yoki asta-sekin o‘ta sezuvchanlik ko‘rsatish 352orqali sodir bo‘ladi. Allergen orga-nizmga tushganida unga javoban haqiqiy va soxta (psevdoallergik) allergik reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Haqiqiy allergik reaksiya boshlanishidan oldin ma’lum bir davr o‘tib, bunda organizmning unga birinchi bor tushgan moddaga sezgirligi ortib boradi, bu sensibi-lizatsiya deb ataladi. Sensibilizatsiya yuzaga kelishi organizmda unga birinchi bor tushgan allergenga javoban alohida oqsil moddalar – antitelolar yoki o‘sha allergen bilan o‘zaro ta’sir qila oladigan limfotsitlar paydo bo‘lishiga bog‘liq. Shungacha allergen organizmdan chiqarib yuborilgan bo‘lsa, hech qanday kasallik alomati ko‘zga tashlanmaydi. Agar allergen chiqib ketmagan bo‘lsa yoki chiqib ket-ganidan keyin organizmga takror tushsa, bunda u yukrridagi antitelolar yoki limfotsitlar bilan o‘zaro ta’sirlashib, Allergiyaga sabab bo‘ladi. Natijada bir qancha biokimyoviy jarayonlar boshlanib, gistamin, serotonin kabi talaygina moddalar ishlanib chiqib, hujayralar, to‘qimalar va a’zolarni zararlantiradi, shu tarika maxsus, ya’ni ilgari organizmga ta’sir qilgan allergenga javoban reaksiya ro‘y berib, allergik kasallik paydo bo‘ladi. Soxta reaksiyalar organizm allergenga birinchi bor duch kelganida boshla-naveradi. Bunda sensibilizatsiya davri bo‘lmaydi. Organizmga tushgan allergenning o‘zi hujayra, to‘qima va a’zolarni zararlantiradigan moddalarni paydo qiladi. Soxta reaksiyalar ko‘pincha dori-darmonlar va oziq-ovqatlarga nisbatan ro‘y beradi. Organizm allergenga duch kelganida hamisha ham Allergiya paydo bo‘lavermaydi. Bunda irsiyat, nerv va endokrin sistemalar ahvoli muhim ahamiyatga ega, chunki kasalikka asosan bu sistemalar funksi-yasining buzilishi, og‘ir ruhiy kechinmalar sabab bo‘ladi. Allergiyaning oldini olish sensibillovchi ta’sirga ega bo‘lgan mod-dalarning organizmga takror kirishiga va organizm himoya reaksiyalarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rishdan iborat.

Similar Apps

Tibbiyot Ensiklopediyasi

Tibbiyot Ensiklopediyasi

0.0

Ushbu “Tibbiyot Ensiklopediyasi”da inson organizmida uchraydigan kasalliklar bilan bir qatorda, tibbiyot amaliyotida...

Barcha Kasalliklar

Barcha Kasalliklar

0.0

Ushbu ilovada odam organizmida uchrovchi barcha kasalliklarning kelib chiqish sabablari, belgilari, diagnostikasi,...

Dorivor giyohlar

Dorivor giyohlar

0.0

Dorivor oʻsimliklar - odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek,...

Asab Kasalliklari

Asab Kasalliklari

0.0

Asab tizimlaridagi buzilishlar sababli paydo bo'ladigan kasalliklar haqida...

Sedananing shifobaxshligi

Sedananing shifobaxshligi

0.0

Sedana bo‘yi 70 santimetrga boradigan bir yillik o‘simlikdir. May-iyun oylarida gullaydi, urug‘lari...

O`ylanib uylan, uylanib o`ylan

O`ylanib uylan, uylanib o`ylan

0.0

Oila go‘yo dengiz kemasiga o‘xshaydi. Uni dengizga chiqarishga shay bo‘lib turgan kema...