Back to Top
Onkologik kasalliklar va ularni davolash Screenshot 0
Onkologik kasalliklar va ularni davolash Screenshot 1
Onkologik kasalliklar va ularni davolash Screenshot 2
Onkologik kasalliklar va ularni davolash Screenshot 3
Free website generator for mobile apps; privacy policy, app-ads.txt support and more... AppPage.net

About Onkologik kasalliklar va ularni davolash

Onkologiya (yun. onkos — shish, oʻsma va ... logiya) — tibbiy-biologik fan; odam, hayvon va oʻsimliklarda onkogenezni nazariy, eksperimental va klinik jihatdan oʻrganadi va oʻsmalarni aniqlash, davolash hamda oldini olish usullarini ishlab chiqadi. Eksperimental va klinik Onkologiya farq qilinadi. Onkologiya 20-asrda eksperimental tibbiyot yutuqlari (oʻsma hujayralarini koʻchirib oʻtkazish, keyinchalik esa tashqaridan taʼsir etib, hayvonlarda oʻsmalar hosil qilish) asosida shakllandi. Oʻsmalar insoniyatga juda kadimdan maʼlum (Gippokrat, K. Galen), unga oid dastlabki yozma manbalar miloddan avvalgi Misr, Xitoy va Hindistonda topilgan. Onkologiya ning rivojlanishida, ayniqsa, Gippokrat, Ibn Sino, nemis olimi R.
Virxov, rus olimlari M. A. Novinskiy, N. N. Petrov va boshqalarning xizmatlari katta. Eksperimental Onkologiya (M. A. Novinskiy asarlaridan boshlangan, 1876) va nazariy Onkologiya da oʻsma hosil qiluvchi omil turiga qarab 3 asosiy yoʻnalish: virus Onkologiya si (fransuz olimi A. Borrel, 1903, amerikalik olim F. P. Raus, 1911), kimyoviy O. (yapon olimlari K. Yamagiva va K. Itikava, 1915) va radiatsion Onkologiya (fransuz olimi A. Lakassan, 1932) va boshqa shakllandi. Rus olimi L. A. Zilber oʻsmalarning virus-genetik nazariyasini ishlab chikdi. Klinik Onkologiya ning jadal rivojlanishi xirurgiya, radiologiya, kimyoterapiya, immunologiyaning muvaffaqiyatlari bilan bogʻliq. Gippokrat xavfli oʻsmalar kelib chiqishida tashqi omillarga alohida ahamiyat bergan, bunda u bemorga ruhiy va jisman sifatlarini mujassamlashtirgan xrlda, har biriga xos (individual) yon-doshish kerakligini aytgan.
Abu Ali ibn Sino "Tib qonunlari" kitobida oʻzining shaxsiy eksperimental va klinik tajribalari bilan birga oʻsmalarning kelib chiqishi, belgilari, ularni taniy olish va davolash usullarini qam bayon qilgan.
R. Virxovning hujayra patologiyasi nazariyasi tibbiyot, jumladan, Onkologiya tarixida keskin burilish yasadi.
Eksperimental Onkologiya ning asoschisi M. A. Novinskiy dunyoda birinchi boʻlib hayvonlarda xavfli oʻsmalarni biridanbiriga koʻchirib oʻtkazib, oʻsmalarning eksperimental shtammlarini hosil qilish uchun yoʻl ochdi. N. N. Petrovning nazariy va amaliy Onkologiya ga qoʻshgan hissasi ulkan. Uning "Oʻsmalar xaqida umumiy taʼlimot" (1910) monografiyasi Onkologiya tarixida shifokor-onkologlarning ilk dasturi boʻlib qoldi va oʻsmalar haqidagi bilimlarning keng tarqalishiga olib keldi.


Oʻsmalar, blastomalar — organizmdagi oʻzgargan va oʻzining odatdagi shakli hamda funksiyasini yoʻqotgan (sifati buzilgan) hujayralardan iborat toʻqimalarning zoʻr berib oʻsib ketishi. Oʻsma hujayralari Oʻ.ga sababchi omillar toʻxtagandan keyin ham koʻpayaveradi.
Oʻsmalarni onkologiya fani oʻrganadi. Xavfsiz (yetilgan) va xavfli (yetilmagan) Oʻsmalar farq qilinadi. Xavfsiz Oʻsmalar atrofdagi toʻqimani itaradi, suradi, baʼzan siqib qoʻyadi, lekin ularni yemirmaydi. Xavfli Oʻsmalar tez rivojlanib, boshqa toʻqimalarga oʻsib kirib, ularni yemiradi; bunda qon tomirlarga ham shikast yetadi. Odatda, qon va limfa tomirlari devorining yemirilishi natijasida qon yoki limfaga tushgan oʻsma hujayralari turli aʼzo va toʻqimalarga metastaz beradi. Natijada Oʻsmalarning ikkilamchi tugunlari — metastazlar hosil boʻladi, yaʼni Oʻsmalar tarqalib ketadi. Oʻsmalar butunlay olib tashlanmasa, qaytadan oʻsib chiqadi (retsidiv beradi). Xavfsiz Oʻsmalar metastaz bermaydi (tarqalmaydi), ammo paydo boʻlgan joyiga koʻra hayot uchun xavfli boʻlishi (mas, miyada yoki nafas va hazm yoʻllarida boʻlsa, ularni siqib, ezib qoʻyishi), shuningdek, uning bir qismi kesib tashlansa, qayta oʻsishi mumkin. Oʻsmalar ning metastaz berishbermasligi va metastaz berish tezligi organizmning immunobiologik holatiga bogʻliq.

Similar Apps

Tibbiyot Ensiklopediyasi

Tibbiyot Ensiklopediyasi

0.0

Ushbu “Tibbiyot Ensiklopediyasi”da inson organizmida uchraydigan kasalliklar bilan bir qatorda, tibbiyot amaliyotida...

Barcha Kasalliklar

Barcha Kasalliklar

0.0

Ushbu ilovada odam organizmida uchrovchi barcha kasalliklarning kelib chiqish sabablari, belgilari, diagnostikasi,...

Dorivor giyohlar

Dorivor giyohlar

0.0

Dorivor oʻsimliklar - odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek,...

Asab Kasalliklari

Asab Kasalliklari

0.0

Asab tizimlaridagi buzilishlar sababli paydo bo'ladigan kasalliklar haqida...

Sedananing shifobaxshligi

Sedananing shifobaxshligi

0.0

Sedana bo‘yi 70 santimetrga boradigan bir yillik o‘simlikdir. May-iyun oylarida gullaydi, urug‘lari...

O`ylanib uylan, uylanib o`ylan

O`ylanib uylan, uylanib o`ylan

0.0

Oila go‘yo dengiz kemasiga o‘xshaydi. Uni dengizga chiqarishga shay bo‘lib turgan kema...

Frequently Asked Questions(FAQ)

Onkologiya qanday fan?

Onkologiya tibbiy-biologik fan bo'lib, onkogenezni o'rganadi va onkologik kasallarni davolash usullarini ishlab chiqadi.

Onkologiya 20-asrda qanday rivojlandi?

Onkologiya 20-asrda eksperimental tibbiyot yutuqlari asosida shakllandi, eksperimental Onkologiya va nazariy Onkologiya farq qilindi.