Back to Top
Uzbekistan's Club Screenshot 0
Uzbekistan's Club Screenshot 1
Uzbekistan's Club Screenshot 2
Uzbekistan's Club Screenshot 3
Free website generator for mobile apps; privacy policy, app-ads.txt support and more... AppPage.net

About Uzbekistan's Club

Kreativ sanoat, media, ta'lim kabi sohalarda bir necha yildan beri ishlab, tajriba orttirgan yosh va progressiv jamoa 2021- yildan beri Uzbekistan's club loyihasini amalga oshirib kelmoqda.
Katta salohiyat va iste'dodga ega minglab o'zbekistonliklar bugun dunyo bo'ylab katta kompaniyalar, nufuzli tashkilot va ta'lim dargohlarida muvaffaqiyatli karyera qilyapti, yana yuzlab hamyurtlarimiz chet mamlakatlarida o'z serdaromad bizneslarini boshlagan. Aholimiz o'sishi hamda O'zbekistonda xususiy ta'limning rivojlanishi, yoshlarning o'z ustida ishlashga bo'lgan intilishlari oshib borishi natijasida bu trend davomiy bo'ladi.
Mana shunday noyob tarixiy imkoniyat – demografik dividendimizdan unumli foydalanish maqsadida biz:
– Foydalanib turganingiz uzbekistans.club platformasini ishga tushirdik, muvaffaqiyatli vatandoshlarga onlayn tarzda rezident bo'lish imkoniyatini yaratdik;
– "O'zbekistonlik" nomli ilhombaxsh hujjatli filmlarining bir nechta epizodini omma e'tiboriga havola qildik;
– Milliy taomlarimizni tayyorlash va qiziqarli suhbatlarni o'z ichiga olgan kulinariya shousini tayyorladik;
– Jahon hamjamiyatining e'tiborini, xususan, o'zbekistonliklar orqali Orolbo'yi mintaqasi muammolariga qaratishni ko'zlagan Aral Dream loyihasiga start berdik;
– O'zbekistonni rivojlantirish uchun g'oyalarni ishlab chiqish va vatandoshlar orasida netvorkingni kuchaytirishga xizmat qiladigan xalqaro forumlariga asos soldik;
– Jurnalist, bloger va fikr yetakchilari uchun klubda media rezidentlik imkoniyatini yaratdik.
Ammo yuqoridagilar uzoq muddatli loyihalarning boshlanishi xolos. Ko'plab qiziqarli media tashabbuslar va iventlar, O'zbekistonning inson kapitalini oshirishga qaratilgan ishlarni siz kabi vatandoshlar bilan birgalikda, bamaslahat amalga oshirishga ochiqmiz. Xorij mamlakatida muvaffaqiyatli karyera qilgan yoki o'z biznesini boshlagan o'zbekistonliklarni klubimizga rezident sifatida qo'shilishlarini so'raymiz. Uzbekistan's club orqali xalqqa o'z qahramonlarini tanitish, dunyoning turli nuqtalaridagi vatandoshlarni bir-biri bilan bog'lash – bizning birlamchi vazifamizdir.

Similar Apps

Munir

Munir

0.0

Siz ushbu ilova orqali sotuvdagi diniy, badiiy, ilmiy darsliklar ва bolalarga oid...

Shirin Meva

Shirin Meva

0.0

ShirinMeva" агромаркетинг мобил иловаси “Annexure Financial Solutions Ltd.” компанияси томонидан Жаҳон банки...

Toshkent Parfum

Toshkent Parfum

0.0

В приложении Toshkent Parfum можно приобрести не только люксовую продукцию известных брендов,...

Musofir

Musofir

0.0

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda bir qator tashkilotlar, jumladan, Oʻzbekiston yoshlari...

Abu Rayhon Beruniy

Abu Rayhon Beruniy

0.0

Abu-Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy – olimning to‘liq ismi bo‘lib, undagi “berun”...

ANATOMICÁ

ANATOMICÁ

0.0

Bir ilovada ANATOMICÁ jurnalining barcha sonlari, shifokor va klinikani qidirish bo‘yicha qulay...