Mening Nomalum Sohibjamolim

Contains ads
5K+
Downloads
Content rating
Everyone
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image

About this app

Bolgar yozuvchisi va shoiri Bogomil Raynovning „Mening noma’lum sohibjamolim“ asari muhabbat haqida hikoya qiladi. Muallif bu asarida g‘arb jamiyatining muhabbat haqidagi qarashlari, intilishlari, kamchiliklarini ochib bergan.
Muhabbat va yana muhabbat hikoya qiluvchi bu kitob, o‘ylaymizki, sizga manzur bo‘ladi.

Kemachamiz San-Jorjo orolini aylanib o‘tgach, uning motori jadallashib, yengil va bir maromda ishlay boshladi. Ko‘z oldimizda to Lidogacha yastangan moviy-yashil ko‘rfaz ko‘rindi. Ufqdan oshib o‘tishga ulgurgan bir necha motorli qayiqlarning qoldirgan ko‘pikli izlari suv sahnida to‘lqinlanardi.
Shamol kuchayib, sal salqinlashdi. Kayutaning soyasiga o‘tganimdan ruhim tetiklandi. Afsuski, rejamdagi ikki ibodatxona va bitta qasrni inkor qilgandim. Aks holda kayfim juda chog‘ bo‘lardi.
«Kuyunma, — dedim o‘zimga-o‘zim. — Bu yog‘ini sal tig‘izlasang bariga ulgurasan. Horib-charchaganda tomosha qilishdan nima foyda bor? Baribir miyangga hech narsa kirmaydi».
Shu xayolda dengizdan shahar tomonga keskin burilgandim, yonimdagi ayolga tegib ketdim. Ayol o‘qishga juda berilib ketgan shekilli, kechirim so‘raganimda qarab ham qo‘ymadi.
«Voy-bo‘, buning kekkayishini-chi!» — dedim ichimda, unga ko‘z qirimni tashlab. Ayol kekkayarmidi yo‘qmi, noma’lum, lekin atrofdagi hech narsaga e’tibor bermay mutolaa qilardi. Uning yuzi mahalliy ayollarnikidek yarq etib ko‘zni oluvchi toifadan bo‘lmasa-da, harholda chiroyli edi. Avvaliga uning chehrasini shunchaki bekorchilikdan kuzatdim. Keyin «U haqiqatan ham go‘zal ekan», dedim o‘zimga-o‘zim. Yana biroz turib esa undan ko‘z uzolmay qolganimni jahl bilan tan oldim.
U juda yosh edi. Qiz bola bo‘lsa kerak, degan qarorga kelardim-u, ammo o‘zini tutishidagi qizlarga xos bo‘lmagan jiddiylik va barkamollik bunga yo‘l qo‘ymasdi. Qimmatbaho pushtirang matodan tikilgan kashtali ko‘ylagi sarv qomatiga chippa yopishib turardi. Ametis ko‘zli uzuk bezagan bir qo‘lida jurnal tutgan, ikkinchi qo‘li esa oppoq sumkaning bambuk bandidan ushlab olgandi.
«Badavlat ekan, — dedim o‘zimga-o‘zim. — Kekkayishi bejizmas! Buning ustiga o‘zini hurliqo, odamlarni esa faqat unga tikilish bilan mashg‘ul, deb o‘ylaydi».
Men aslida sergap emasman. Lekin kamgap odam ham ichida ko‘p gapiradi.
Ayolning o‘qiyotgani kinoroman bo‘lgani uchun unga nisbatan g‘ashligim tag‘in oshdi.
Nihoyat, u mutolaani tugatdi. Jurnalni yopib sumkasiga tiqdi-da, nigohini ko‘tardi. Uning chag‘ir ko‘zlari mehribon va jiddiy boqardi. O‘ngu so‘lga o‘q otib, «xo‘sh, qalayman, yoqimtoyginamanmi?» deydigan ko‘zlardan emasdi. Ayolning dengiz shu’lasidan biroz qisilgan nigohi mening yuzimdan befarq sirg‘alib o‘tdi-da, kemaning ortida qolayotgan ko‘pikli «egat»da to‘xtadi.
— Havo yaxshi-a? — deb yubordim o‘zim ham kutmagan holda. Ayol javob bermadi.
— Lekin issiqrog‘-a, nima deysiz?
Bu safar ayol bamaylixotirlik bilan menga orqasini o‘girdi.
— Ba’zi bir odamlar bilan suhbat qurish juda qiyin bo‘ladi, — dedi yonimdagi chol qulog‘im ostida po‘ng‘illab. — Ular o‘zlarini oddiy bandalardan ko‘p yuqori qo‘yishadi.
Cholning kichkina va namchil ko‘zlari menga xayrixoh boqardi. Biz u bilan ob-havo xususida gaplashib ketdik.
Updated on
Feb 8, 2024

Data safety

Safety starts with understanding how developers collect and share your data. Data privacy and security practices may vary based on your use, region, and age. The developer provided this information and may update it over time.
No data shared with third parties
Learn more about how developers declare sharing
No data collected
Learn more about how developers declare collection

What's new

- Matnni Lotin yoki Krill alifbosiga o’zgartira olish.
- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.