Back to Top
Avtomato Screenshot 0
Avtomato Screenshot 1
Free website generator for mobile apps; privacy policy, app-ads.txt support and more... AppPage.net

About Avtomato

Avtomato — biznesingizni bir joydan boshqaring

Avtomato - nasiya savdosi va biznes jarayonlarini avtomatlashtirishga mo'ljallangan zamonaviy boshqaruv tizimi. Ilova do'kon, mebel, maishiy texnika va boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga mijozlar, shartnomalar, to'lovlar va omborni yagona platformada boshqarish imkonini beradi. Qo'lda yuritiladigan daftarlar va tarqoq jadvallarni unuting - barchasi telefoningizda, doim yoningizda.

*Nima uchun Avtomato?

Nasiya savdosi bilan shug'ullanuvchi har bir biznes uchun eng katta muammo - to'lovlarni nazorat qilish, qarzdorlikni kamaytirish va mijozlar bazasini tartibli yuritishdir. Avtomato ana shu jarayonlarni to'liq avtomatlashtiradi, insoniy xatoliklarni kamaytiradi va vaqtingizni tejaydi.

*Asosiy imkoniyatlar:

📄 **Nasiya va shartnomalar**
Nasiya shartnomalari, to'lov grafigi, qarzdorlik va avtomatik undirish jarayonlarini bitta joyda boshqaring. Har bir mijoz bo'yicha to'lov tarixi doim ko'z oldingizda.

🔔 **Avtomatik eslatmalar (Marketing)**
Mijozlarga SMS orqali avtomatik to'lov eslatmalari yuboriladi. Bu kechikkan to'lovlarni sezilarli darajada kamaytiradi.

📊 **Skoring — mijozni baholash**
Mijozning to'lov qobiliyati moliyaviy tarix va davlat bazalari asosida tekshiriladi. Bu muammoli qarorlarning oldini olib, xavfni kamaytiradi.

💳 **QR Pay**
MIR kartalari va QR orqali to'lovlarni qabul qiling - tez va qulay.

🎁 **Loyallik dasturlari**
Doimiy mijozlarni rag'batlantirish va ushlab qolish uchun bonus va chegirma tizimlari.

📦 **Ombor boshqaruvi**
Tovarlar qoldig'i, kelib-ketishi va harakatini real vaqtda kuzatib boring.

👥 **Xodimlar (HR)**
Xodimlar, davomat va ish jarayonlarini nazorat qiling. Filiallar va sotuvchilar samaradorligini kuzating.

🛒 **Online do'kon**
O'z katalogingizni yarating va mahsulotlarni onlayn soting.

📱 **Quirilmalarni boshqarish (MDM)**
Nasiyaga berilgan Apple va Android qurilmalarni masofadan nazorat qiling.

*Avtomato afzalliklari:

✅ Yagona baza - mijozlar, shartnomalar va to'lovlar tarixi bir joyda
✅ Avtomatik undirish - eslatmalar orqali kechikishlar kamayadi
✅ Xavfsiz qarorlar — skoring muammoli mijozlarning oldini oladi
✅ Filial va xodimlar nazorati — hisobdorlik va samaradorlik
✅ Jarayonlarni standartlashtirish - vaqt va resurs tejaladi
✅ Aniq hisob-kitob — moliyaviy xatoliklar minimallashtiriladi

*Kimlar uchun?

Avtomato do'kon, mebel salonlari, maishiy texnika, elektronika va boshqa iste'mol tovarlari sohasida nasiya yoki bo'lib-bo'lib to'lash asosida ishlaydigan kichik va o'rta biznes egalari uchun mo'ljallangan.

Avtomato bilan biznesingizni raqamlashtiring, qarzdorlikni kamaytiring va daromadingizni oshiring. Hoziroq yuklab oling va biznesingizni yangi bosqichga olib chiqing!

Avtomato details

Avtomato is a free Business app for Android with 50+ installs on Google Play and a 5.0/5 average rating from 1 rating. It was released on July 2, 2026 and last updated on August 11, 2026. It's developed by CodePlay LLC. It requires Android 7.0 or later.

Category
Business
Rating
5.0 / 5 (1 rating)
Installs
50+
Price
Free
In-app purchases
No
Ads
No ads
Current version
1.0.1
Requires Android
7.0
Content rating
Everyone
Released
July 2, 2026
Last updated
August 11, 2026
Developer
CodePlay LLC

What’s new in Avtomato

Улучшена стабильность работы приложения

Version 1.0.1 · Updated August 11, 2026