Back to Top
Komiljon Otaniyozov qo'shiqlari Screenshot 0
Komiljon Otaniyozov qo'shiqlari Screenshot 1
Komiljon Otaniyozov qo'shiqlari Screenshot 2
Komiljon Otaniyozov qo'shiqlari Screenshot 3
Free website generator for mobile apps; privacy policy, app-ads.txt support and more... AppPage.net

About Komiljon Otaniyozov qo'shiqlari

Komiljon Otaniyozov (1917.20.7, Shovot tumani Boʻyrachi qishlogʻi — 1975.5.11, Toshkent; oʻz qishlogʻiga dafn etilgan) — xonanda, sozanda (tor), aktyor va bastakor. Oʻzbekiston (1949), Turkmaniston (1964), Qoraqalpogʻiston (1968) xalq artisti. Nihoyatda jozibali va kuchli ovoz sohibi boʻlib, har bir asar talqinida badiiy yetuklikka erishgan. Doston yoʻllarini Bola baxshi Abdullayevdan, Xorazm maqom ashula yoʻllarini Matpano Xudoyberganovdan oʻrgangan. Toshkentdagi Hamza nomidagi musiqa bilim yurtini tugatgan (1955), Toshkent konservatoriyasida taʼlim olgan (1955—56). Xorazm teatrlarida xonanda va aktyor sifatida ishlab (1936—52), Farhod ("Farhod va Shirin"), Tohir, Parfi hofiz ("Tohir va Zuhra"), Qodir ("Gulsara"), Davron Ota ("Davron Ota") kabi obrazlar yaratgan. O. Xorazm viloyat teatrida ashula va raqs ansambli tuzib (1949), konsertlar uyushtirgan. 1957—75 yillarda Oʻzbekiston davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda, 1957 yilda filarmoniya qoshida Xorazm ashula va raqs ansambli (hozirgi "Lazgi", 1957—59 va 1963—68 yillarda badiiy rahbari), 1967 yilda Turkmanistonning Toshhovuz viloyati teatrida xalq ansambli, 1973— 74 yillar Shovot tumanida "Feruz" ansamblini tashkil etdi.
Komiljon Otaniyozov 30-yillardan murakkab xalq ashulalarini, dostonlardan qoʻshiqlar ayta boshlagan. Xorazm suvora va makomlari Komiljon Otaniyozov ijrochilik faoliyatining yuqori bosqichi boʻldi. Komiljon Otaniyozov Xorazm doston qoʻshiq(noma)lari asosida yangicha uslub yaratgan. Bastakor sifatida bu uslubda ijod qilgan "Salom, senga Xorazmdan", "Muborak", "Vatan", "Olqish", "Temir yoʻl", "Oʻzbekiston", "Xorazm" kabi qoʻshiklari oʻzining ommabopligi va xalqchilligi bilan ajralib turadi. Komiljon Otaniyozov A. Stepanov bilan hamkorlikda "Aziz va Sanam", "Oshiq Gʻarib", S. Hayitboyev bilan "Soʻnggi xon" kabi musiqali dramalar yaratdi. Osiyo mamlakatlarida gastrolda boʻlgan.

Ushbu ilovada Komiljon Otaniyozovning:
- Bulbul go`rdim
- Dilbargina
- Dog`man
- Feruz
- Fikr etma
- G`ami ishq
- Gulandonim
- Ko`ring
- Lazgi
- Muhammasi baxshi
- Naylaram
- Otashingdir
- Poda boqdim
- Samarqand ishshoqi
- Segoh-1
- Segoh-2
- Suvora
- Xo`sh endi
- Na tilar mannan
- Yorga tegmasin nomli qo`shiqlari joy olgan.

Similar Apps

Yulduz Jumaniyozova qo'shiqlar

Yulduz Jumaniyozova qo'shiqlar

0.0

Ushbu android ilovada sevimli ijodkoringizning quyidagi taronalarini bepul, qulay va internetsiz tinglashingiz...

Sardor Rahimxon qo'shiqlari

Sardor Rahimxon qo'shiqlari

0.0

Sardor Rahimxon (asl ismi: Sanjar Abdurahimov Farhodovich; 1981, 3-sentabrda tugʻilgan) oʻzbek xonandasi,...

Otalar haqida qo`shiqlar

Otalar haqida qo`shiqlar

0.0

Ozodbek Nazarbekov - OtamUlug`bek Rahmatullayev - OtaYulduz Usmonova - DadajonSardor Rahimxon -...

Ulug`bek Rahmatullayev

Ulug`bek Rahmatullayev

0.0

Ushbu ilovada honandaning:BemehrginamBinafshaBir donaDevonaGo`dak nolasiIlk bor bo`saKapalakKo`zlaringga qarabAlvon lolalarMeni kechirNega ma`yussanOshiqi zoringmanOydin...

Yangisini eshitdingizmi - Avaz

Yangisini eshitdingizmi - Avaz

0.0

Avaz Oxun hangomalariUshbu ilovada Avaz Oxunning:Kulgu haqidaAyollarimiz qoshi va kiprigiAyollar g`iybatiXotinni tok...

Og`abek Sobirov

Og`abek Sobirov

0.0

Ushbu ilovada Og`abek Sobirovning:DunyoDushimda go`rdimGalmadiGalsang aytamanIshq maniKechkanim yo`qKo`nglimni naga buzdingMan kabi shaydoAyrildikOnamga...

author
Good
Nizombek Xoliqzoda