Back to Top
UzELP Screenshot 0
UzELP Screenshot 1
UzELP Screenshot 2
UzELP Screenshot 3
Free website generator for mobile apps; privacy policy, app-ads.txt support and more... AppPage.net

About UzELP

Yevropa til portfoliosi (YeTP) ta’lim muassasasi yoki undan tashqarida o’rganilgan tillaringiz haqida mulohaza qilishingiz, ushbu tillarni o`rganish jarayoningiz va madaniyatlararo muloqotlaringizni qayd qilib borish imloniyatini beruvchi hujjat hisoblanadi. U uch qismdan iborat, ular:
- Til pasporti – ma’lum bir vaqtda turli xil tillar bo`yicha darajangizni aniqlash imknoni beradi.
- Til biografiyasi – sizga til o’rganish jarayoningiz va yutuqlaringizni baholash, ular haqida mulohaza qilish imkonini beradi.
- Shaxsiy ishlar (Dosye) – sizning til passportingiz va til biografiyangizda qayd qilgan yutuqlaringiz yoki tajribalaringizni hujjatlashtirish uchun kerakli materiallarni saralash va saqlash imkonini beradi.
YeTP sizning shaxsiy hujjatingizdir. Uning maqsadlari:
- Sizga ona tilingizdan boshqa tillarni o`rganish va ulardan foydalanish tajribangizga shakl va uzviylik berish;
- Sizning til malakalaringizni rivojlantirish va rangbaranglashtirish orqali tillarni yanada mukammalroq o`rganishga ruhlantirish;
- Siz o`zlashtirgan lisoniy va madaniyatlararo malakalaringizni qayd qilish imkonini berish (masalan ta’limning yuqori bosqichida, vataningiz yoki xorijda ishga joylashishda malakalaringizni tasdiqlovchi hujjat sifatida taqdim etish uchun).
YeTP xorijiy tillarni egallashning Umumyevropa kompetensiyalariga (CEFR) bog`langan bo`lib Yevropa Kengashining zamonaviy tillar bo`yicha a’zo mamlakatlar Ministrlar Qo`mitasi tomonidan tasdiqlangan Tamoyillar va Yo`riqnomalar umumiy majmuiga mosdir (Tavsiyalar to`plami N° R (98) 6).
Ushbu elektron portfolio (e-portfolio) Yevropa til portfoliosi O`zbek modeli (Mualliflik guvohnoma raqami 001657) asosida yaratilgan.

Similar Apps

Sanoq Sistemasi

Sanoq Sistemasi

0.0

Dasturimizda 2 , 8, 10, 16 lik sanoq sistemaga o'tkazish , uni...

Nodavlat Notijorat Tashkilotla

Nodavlat Notijorat Tashkilotla

0.0

Sirdaryo viloyatidagi barcha faol nodavlat notijorat tashkilotlarining ro'yxati va ular haqida to'liq...

Кirill-Lotin

Кirill-Lotin

0.0

Bu dastur foydalanuvchilarga Lotin Kirill va Kirill Lotin alfabitiga o'tkazib beradi va...